bemorning familiyasi, laboratoriya jurnalidagi analiz nomeri likobchaning tubiga
mum qalam bilan yozib qo’yiladi.
Ikkinchi kun. Ekilgan mikroblar termostatda undirilgach tekshirila
boshlaydi. Mikroblar qalan o’sib chiqqan dastlabki likobchalar tekshirishga
yaramaydi, mikroblar ayrim-ayrim koloniya holida o’sgan likobcha esa
tekshiriladi. Koloniyalarni lupada yoki mikroskopning kichik ob’ektivi bilan
sinchiklab tekshiriladi. Koloniyalarning tashqi ko’rinishi, kattaligi, shakli,
konsistensiyasi, chetlarining xarakteri, tiniqligi, pigmenti-bu belgilarning hammasi
mikroblarning ayrim turlarini ta’riflash uchun diagnostika nuqtai nazaridan katta
ahamiyatga egadir. Belgilangan shubhali koloniyalardan surtmalar tayyorlab,
Gramm
usulida
bo’yaladi.
Mikroblarning
morfologik
xususiyatlarini,
harakatchanligini o’rganiladi. Boshqa koloniyalarga tegib ketmaslik uchun ehtiyot
bo’lib, ma’lum bir tur mikroblarning toza kulьturasini ajratib olish maqsadida
.qiyshiq agarga shubhali koloniyadan qovuzloq bilan olib ekiladi. Ekilgan
mikroblarni yana termostatga qo’yiladi.
Uchinchi kuni. Qiyshiq agardagi mikroblar termostatda undirilgandan keyin
ularning toza kulьturadagi o’sish xususiyatlarini o’rganiladi va ajratib olingan
kulьturada begona mikroblar bor-yo’qligini tekshirib ko’riladi, buniig uchun
surtma tayyorlab, Gramm usulida bo’yaladi.
Dostları ilə paylaş: