Tulki: Boy bolalar qaerga ketayapsizlar? Bolalar javobi: Bizlar “O’rmonga sayrga”borayapmiz.
Tarbiyachi: Tulki bizga yaqin yo’lni ko’rsata olasanmi?
Tulki: Jonim bilan yordamlashaman. Lekin bitta shartim bor. Tarbiyachi:Tulkivoy shartingni aytchi
Tulki: Mana bu nuqtalarni birlashtira olasizlarmi? Men qanday
chizishni bilmayapman.
Tarbiyachi: Bolajonlar tulkivoyning shartini bajaramizmi?
Bolalar javobi:Nuqtalarni birlashtirib,ayiq va quyon rasmlari hosil bo’ladi. Tulki: Voy bular do’stlarimning rami ekanku? Raxmat sizlarga
bilimdon do’stlarim. Endi men sizlarga yo’lni ko’rsataman. Mana bu botqoqlik g’ordan o’tsalaring o’rmonga borasizlar.Men ham sizlar bilan borsam maylimi?
Bolalar javobi: Mayli sen ham biz bilan yuraqol.
Tarbiyachi: Qani tulkivoy sen bizga birinchi bo’lib yo’lni ko’rsatchi?
(Tulki taxtachalardan,o’tib, g’or ichidan o’tadi. Bolalar ham
Tulkini orqasidan o’rmonga chiqishadi. Bolalar qaranglar qanday
chiroyli manzara hamma yoq oppoq qor bilan bezatilganday.
Bolalar qorni bosganimizda qanday ovoz chiqaradi?
Bolalar javobi: Qorni bosganimizda g’ar-g’urch degan ovoz eshitiladi.
(shu payt g’arga’ qar-r-qar-r deb uchib o’tadi. Tarbiyachi: Bolajonlar o’rmonda nima uchib yuribdi?
Bolalar javobi: Qarg’a
Tarbiyachi: Bolalar qarg’a uchganda qanday tovush chiqardi?
Bolalar javobi: Qar-qar
Bolalar qar-qar tovushini chiqar ilon izi bo’lib uchib
o’tishadi. ( Qarg’a ovozi ayiqni bezovta qiladi.)
Ayiq:Kim meni bezovta qilayapti (Uf deb qayta uyquga ketadi)
Shovqunga quyon ham chopib sakrab keladi.
Quyon: Bu erda nima bo’layapti? Turaqol endi ayiqvoy senga qarg’alar
qanday asal yig’ishni o’rgatadi.
Ayiq: Juda uyqum kelayapti meni boshqa bezovta qilmanglar.