Tarbiyachi: Bolalar o’rmonda qanday hayvonlar yashaydi?
Bolalar javobi: O’rmonda bo’ri, yo’lbars quyon, tulki, ayiqyashaydi.
Quyon: Bolalar sizlar menday sakray olasizlarmi?
Bolalar javobi: Biz quyoncha bo’lib sakrashni juda yaxshi ko’ramiz.
Quyon: Bo’lmasa sizlar ikki qator bo’lib saflaninglar (bolalar quyoncha bo’lib sakraydilar.
Tarbiyachi: Ayiqpolvon biz bolalar bilan o’rmonga sayrga
chiqqan edik. Kel biz seni kayfiyatingni ko’taramiz.
Sen bizlar bilan qiziqarli mashqlar bajarishni xoxlaysanmi?
Ayiq:Albatta xoxlayman.
(Ular birgalikda yuguradi, mashqlar bajaradi, o’yinlar
O’nashadi)
Tarbiyachi:Kelinglar birgalikda mashqlar bajaramiz
Gimnastik mashqalar: 1.Dastlabki holat (D.x) Tik turgan holda qo’llarni navbat
bilan yon tomomonga uzatish.
2. Koptoklar bilan mashqlar.
3.Quticha mashqi.
4.Ko’prikcha mashqi
5.Qayiqcha mashqi.
6.Nafas mashqi.
Tarbiyachi: Endi sizlar bilan birgalikda yugiramiz. (Ular hayvonlar bilan
birgalikda yugirishadi)
Kelinglar endi sizlar bilan chaqqonlar va epchillar
o’yinini o’’ynaymiz.
Ayiq: Raxmat bolalar men juda chaqqon bo’ldim. Endi doimo sport
bilan shug’ullanaman.
Quyon: Men ham o’rmonda quyonchalarim bilan har kuni mashq
bajaraman.
Tulki:Voy qanday mazza mashq bajarish. Oyoqlarim og’rib
turgan edi. Hozir ancha yaxshi. Qadi - qomatim ham ancha
chiroyli bo’ldi.
Tarbiyachi: Juda yaxshi tulkivoy, ayiqvoy, quyonvoy. Sizlar ham bining
bolajonlarimizga o’xshab sport bilan shug’ullanib, tursangiz,
chaqqon, epchil bo’lasiz.
Bizlar endi bog’chaga borishimiz kerak.
Tulki: Men ham do’stlarim bilan o’rmonda qolmoqchiman.
Tarbiyachi: Raxmat senga ham tulkivoy bizlarga yordam berganing
uchun. (bolalar ham xayrlashib ketadi.)
Yakuniy qism: Tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.