“Metrologiya to‘g‘risida” Respublika qonuni
Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket
uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” va “Mahsulot
va xizmatlarni sertifikatlashtirish” Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning
hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi
rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya
to‘g‘risida” gi qonun ustida biroz to‘xtalib o‘tamiz.
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik
ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21
moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish
va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi
javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini
o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish “O‘zstandart”
agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham
bayon etilgan. “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan
o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi
davlat ro‘yxati belgisi qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-
58
vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular
bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati
“O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq
o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya
to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy
ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari
guruhining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy
foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish
shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari
lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: |