Sifatning virtual sxemasi
Bu sxemani chuqur o‘rganib va tahlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirishimiz
mumkin:
- Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi)
oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bog‘liqdir;
- Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan
chambarchas bog‘liqdir;
- Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi bo‘lgan
- Standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini ta’minlab
beradi;
- Sifatning uch asosiy belgisiga dunyoda mavjud bo‘lgan va faoliyat
ko‘rsatayotgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar: Xalqaro –
standartlashtirish tashkiloti (ISO), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro
tashkilot (MOZM), Xalqaro savdo tashkiloti (VTO) o‘zining ijobiy ta’sirini
o‘tkazadi va o‘tkazib kelmoqda.
Shuning uchun ham ushbu fanni uch qismda (metrologiya, standartlashtirish
sertifikatlashtirish) o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy
qoidalarni, talablar va me’yorlarni, standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi
davlat bayonnomalari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud
bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu
hozirgi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab
chiqish va uning raqobatbardoshligini ta’minlashda o‘ta muhim masalalardan biri
sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |