Tayanch iboralar : Tuberkulalar, kazeoz, tvoroksimon, epitelioid, limfoid xujayralar, sil .
Surunkali kechadigan kasalliklar hamma tur hayvonlardan parrandalardan va hatto odamlardan ham uchraydi. Kasallikning rivojlanish mexanizmi sekin-asta bo‘lib o‘ziga xos o‘zgarishlar bilan harakterlanadi.
Kasalliklar asosida promferativ yalig‘lanish rivojlanib shiliq qavatlardan, zardob pardalardan va parenximatoz organlarning qobiqlaridan o‘ziga xos tugunchalarning hosil bo‘lishi bilan harakterlanadi.
Kasalliklarning ichki organlardan surunkali yalig‘lanishlar, atrofik va distrofik o‘zgarishlar rivojlanadi. Kasalliklarni bakterial chiqariladi va kasal hayvonlar kasalligining manbasi deyiladi.
Kassalikning quzg‘atuvchilari aerogen yo‘llar bilan hayvonlardan odamlarga, odamlardan hayvonlarga o‘tadi.
Tuberkulyoz – tuberculosis –surunkali kechadi yuqumli kasallik bulib ichki organlardan, shiliq va zardob pardalaridan o‘ziga xos tugunchalarning hosil bo‘lishi bilan harkterlanadi.
Hamma tur hayvonlar, parrandalar va hatto odamlar ham kasallanadi.
Etiologiyasi va patogenezi Kasallikni mikobakteriyalar chaqiradi. Hayvonlarning turlariga qarab bakteriyalarning turli turlari nomlanadi.
M: Qoramollardan – mikobaktereum bovis
Quylardan mikobaktereum ovis
Chuchqalardan mikobaktereum sues
Parrandalardan mikobaktereum oveum
Tabiiy sharoitlarga kasallik nafas va xazm sut emizuchilarda birlamchi komplekslar o’pkada uchraydi. Unda plevra ostida bir nechta tugunchalar xosil bo’ladi. Jaroxatlanish o‘pkaning bir yoki bir necha bo’lagida kechadi.
Tugunchaning markazida tvorogsimon, atrofida oqimtir tuqima bo’ladi. Limfa tugunlarida xamma formalarda kazeozsimon o‘choqlar xar xil shakllarda xosil bo’ladi, ular pustloq qavatda ko’rinadi. Yirik shoxli xayvonlarda va cho’chqalarda limfa tugunlarida bugoroklar xosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ichakda birlamchi o‘choqlar kam uchraydi. Jarayon yug‘on ichaklarning limfa apparatlarida tuberkulalarni xosil bo’lishi bilan boshlanadi.
Birlamchi silning oqibati - sil uchog‘ining tiklanishi yoki bu o‘choqning ko‘payishi.
Yirik shoxli xayvonlar mikobakteriyaning odam va parranda sil kasalligidagi sil o‘choqlari tezda tuzaladi, xamma xayvonlar o’ziga xos tiplari bilan sifatsiz sharoitlarda (nam, sovuq...) kasallanadilar.
Sil o‘choqlari tirik va o‘lik tuqima o‘rtasida distrofiya va yemirilgan xolatda ko‘p xujayralar to’planadi. Bu xujayralar xisobidan tugunchaning nekrotik markazi xajmiga kattalashadi, boshqa tuqimalarni egallaydi.
Sil kasalligining ko‘payishiga sil uchog‘i atrofidagi tomirlar reaksiyasi va zardob ekssudatning qo’yilishi xam sabab bo’ladi. Sil kasalligining tarqalishi organizmning ximoya funksiyasini bo’zilishi, rezistentligini pasayishi, oziqlantirishni bo’zilishi, yashash sharoitining yomonligi xam sabab bo’ladi.
Bunda sil bakteriyalari ko‘payadi va ulardan oqayotgan suyuqlikka qushilib qushni tuqimalarda sil o‘choqchalarini hosil qiladi yoki limfa va qon tomirlari orqali boshqa organlarga xam tushib, sil o‘choqlarini chaqiradi, milliar (tariq doniday kattalikda) tugunchalar xosil qiladi. Yirik o‘choqli sil oq yoki sarg‘ish rangdagi yirik tugunchalarning xosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Tuguncha markazida tuqima mavjud. Nekrotik tuqima yullari orqali yuqadi.
Sil kasalligida asosan jaroxatlanish xosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bular yallig‘lanish asosida xosil bo’ladi, yallig‘lanish esa sil bakteriyalari hayoti davomida ishlab chiqqan toksinlar ta’sirida rivojlanadi. Mikrob tushgan joyda leykositlar to’planadi, ular fagositoz xususiyati bilan qisman mikroblarni yemiradi va o’zlari xam nobud bo’ladi. Keyinchalik o‘choqda monositlar, gistiositlar ko‘payadi, ular xam mikobakteriyalarni xazm qila boshlaydi va yemiradi - nekroz xosil bo’ladi. Nekroz atrofida limfoid, epitelioid xujayralarni yadrolarini bo’linishidan, sitoplazmani esa butunligi saqlangan xolda xosil bo’ladi.
Epitelioid va gigant xujayralar mikobakteriyalarni yutib xazm qilishi mumkin ( fagsitoz).
Mikobakteriyalar aerogen va alemsetar yo‘llar bilan organzmga tushadi.
Sigirlardan emrion orqali parrandalarning tuxumi orqali ham organizmga tushadi. Qon orqali tarqaladi va tuqimalardan quyidagi o‘zgarishlar rivojlanadi: Mikobakteriyalar ishlab chiqargan toksinlar ta’siridan mahalliy tuqima hujayralari yemiriladi va ular tuplanadi. Yemirilgan uchoq shakillanadi. Uchoqning atrofidan –proleferatsiya jarayoni rivojlanadi, va epitelioid, limfoid xujayralar hosil qiladi.
Uchoq biriktiruvchi tuqimali qobiq bilan o‘rab oladi
Limfa tugunlarida zardobli, fibrinli yallig’lanish rivojlanadi, ular kattalashgan bo’lib, nekroz o’choqlari ko’rinadi. Teri ostida shishlar, j igarda nekroz, shirdon va ichaklarda yallig’lanish bo’ladi. O’pkada abstruktiv emfizema, pnevmoskleroz, gepoksiya, fibroblastlarning sintetik funksiyasining aktivlashishiga, pnevmosklerozga esa bronxial drenajni buzilishiga va o’pkada obstruktiv emfizemaning rivojlanishiga olib keladi.