XV. YOSHLAR UCHUN QO’SHIMCHA IMTIYOZLAR VA KAFOLATLAR
15.1. Kutubxonaning ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish hamda yoshlarni ijtimoiy himoya masalasi yechimini topish maqsadida tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:
Xalqaro mehnat tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risida”gi 138-son va “Bolalar mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash va yo’q qilishga doir shoshilinch choralar to’g’risida”gi 182-son Konvensiyalariga binoan, ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish hamda bolalar mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlarni olib borish;
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
- yoshlar bilan ishlash bo’yicha kompleks dastur va uni amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqish;
- yosh xodimlar, mutaxassislar va boshqalar o’rtasida kasb mahorati bo’yicha tanlovlar o’tkazish;
- yosh oila a’zolari bo’lmish xodimlarga har taraflama yordam ko’rsatish;
- yoshlarning bilim salohiyatini oshirish maqsadida ularning zamonaviy bilimlar, xorijiy til, kompyuter savodxonligini mukammal egallashlariga o’quvlar o’tkazish orqali ko’maklashish, ulardan kadrlar zaxirasini shakllantirish;
- ishlayotgan yoshlar faoliyatidagi salbiy holatlarni, jumladan, ertangi kunga ishonchi so’nishining oldini olish, ish haqi, mehnat sharoitlaridan minnatdorlik hissini uyg’otish maqsadida yosh xodimlar o’rtasida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport hamda ma’naviy tadbirlarni amalga oshirish.
15.2. Oliy va professional ta’lim muassasasini tugatib, kutubxonada birinchi yil mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarga taraflarning kelishuvi bilan qo’shimcha haq to’lash masalasini ko’rib chiqish.
15.3. Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qib, o’quv rejasini bajarayotgan xodimlar uchun ish joyidan haq to’lanadigan qo’shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar berish.
15.4. O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi
O’RQ-406-son Qonuniga binoan va mazkur shartnoma maqsadlarida:
a) o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan xodimlar “yoshlar” deb hisoblanadilar.
b) oliy yoki professional ta’lim muassasalarini bitirgandan so’ng olgan ixtisosligi bo’yicha 3 yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to’g’risidagi hujjatda ko’rsatilgan ixtisosligi bo’yicha ishlayotganiga 3 (uch) yildan ko’p bo’lmagan 30 yoshdan oshmagan xodimlar “yosh mutaxassis”lar deb hisoblanadilar.
v) er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 30 yoshdan oshmagan yolg’iz otadan yoki onadan iborat bo’lgan oila, shu jumladan, nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) “yosh oila” deb hisoblanadi.
15.5. Ish haftasi quyidagi davomiylikda belgilanadi:
o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida – olti soatdan, besh kunlik ish haftasida – yetti soatu o’ttiz daqiqadan;
15.5.1. o’n beshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan xodimlar uchun – olti kunlik ish haftasida – to’rt soatdan, besh kunlik ish haftasida – besh soatdan
15.5.2. o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida – olti soatdan, besh kunlik ish haftasida – yetti soatu o’ttiz daqiqadan;
15.5.3. o’quv yili davomida ishni o’qish bilan birga olib boruvchi umumiy o’rta, o’rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarining o’n beshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan o’quvchilari uchun – olti kunlik ish haftasida – ikki soatdan, besh kunlik ish haftasida – ikki soatu o’ttiz daqiqadan, o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan o’quvchilari uchun esa olti kunlik ish haftasida – uch soatdan, besh kunlik ish haftasida – to’rt soatdan (MK 416-modda).
15.6. Yoshi 18 (o’n sakkiz)ga to’lmagan shaxslar mehnat huquqiy munosabatlarida katta yoshdagi xodimlar bilan huquqlari tenglashtiriladi, mehnat muhofazasi, ish vaqti, ta’tillar hamda boshqa mehnat sharoitlarida esa qonunchilikda va mazkur Shartnomada belgilangan qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadilar.
15.7. Soha oliy o’quv muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlarga, navbatdagi o’quv sessiyasiga ketishda o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda va ular uchun qulay bo’lgan paytda mehnat ta’tili beriladi.
15.8. Kasaba uyushmasi qo’mitasi majburiyatlari:
a) yosh xodimlarning ijtimoiy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish ishlarini yanada mukammallashtirish uchun mavjud huquqiy-normativ bazadan foydalanish;
b) yosh yigit-qizlarni kasaba uyushmalari faoliyatiga jalb etish ishlarini olib borish, jamoat ishida faollik ko’rsatgan yoshlarni tizimli ravishda ma’naviy (faxriy yorliq, tashakkurnoma, ular to’g’risida gazetalarda rag’batlantiruvchi maqolalar chop etish) va moddiy rag’batlantirish;
v) o’quvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaxassislarni jalb etish hamda yoshlarni ishga qabul qilishda ustoz biriktirilishini ta’minlashda ko’maklashish;
g) amaliyot o’tash uchun biriktirilgan professional ta’lim muassasalari o’quvchilarini va yangi ishga qabul qilingan bitiruvchilarini mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqdan o’tkazishga, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, yakka tartibdagi himoya vositalari, sut va davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta’minlashga erishish;
d) ishga qabul qilingan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilishini, ular jamoa shartnomalari bilan tanishtirilishini ta’minlash;
ye) ishga yangi qabul qilingan yoshlarning ish joylarida qo’nimliligini ta’minlash bo’yicha ish olib borish;
j) har bir yosh mutaxassisni ishga qabul qilinishi bilan hisobga olib, Kutubxonaning o’zida, zarur hollarda esa o’quv kurslarida malaka oshirishini nazorat qilib borish;
z) O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan o’rta maxsus, oliy hamda professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran, uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar ishga qabul qilinganda, dastlabki sinov belgilanmasligi hamda uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilar bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan e’tiboran, uch yillik muddat o’tguniga qadar Ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilinganida mehnat organlariga xabar berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish;
i) yosh xodimlar o’rtasida madaniy-ma’rifiy, ma’naviy hamda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng miqyosda amalga oshirish orqali ishlayotgan yoshlar faoliyatidagi salbiy holatlarni, jumladan, ertangi kunga ishonchning so’nishini oldini olish, ish haqi, mehnat sharoitlaridan minnatdorlik hissini uyg’otish;
k) “Yoshlar minbari”, “Erkin fikr” uslublarining qo’llanilishini joriy etish va unda, yosh xodimlar o’z fikrlarini erkin ifoda etgan holda (ish sharoiti, jamoadagi muhit, jamoa ishiga samara keltiradigan g’oya, rahbar kadrlarning nojo’ya hatti harakatlari, ularning kamsitilishi va h.k. yuzasidan) to’g’ridan-to’g’ri yoki anonim bildirishnomalarni shaffof qutilarga yozma tarzda berib turish ishlarini tashkil etish.