Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


IV. Komissiya tomonidan masalalarni ko’rib chiqish tartibi



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə38/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

IV. Komissiya tomonidan masalalarni ko’rib chiqish tartibi

21. Komissiya odob-axloq qoidalari buzilishlari bilan bog’liq holatlarni quyidagi tartibda ko’rib chiqadi:


Tuman AKM direktorining topshirig’iga binoan;
mutaxassis-xodimlarning, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga binoan (jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga asosan ko’rib chiqiladi);
o’z tashabbusi bilan ko’rib chiqadi.
22. Mutaxassis-xodim o’zining huquqi, sha’ni va qadr-qimmati, obro’siga daxldor bo’lgan asossiz ariza kiritilgan hollarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ularni himoya qilish huquqiga ega.
23. Komissiya yig’ilishiga, haqiqiy holatni aniqlash va xolisona qaror qabul qilish, ko’rib chiqilayotgan masalaga daxldor bo’lgan arizachilar va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin. Taklif etilganlar Komissiya yig’ilishining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda oldindan xabardor etiladilar. Taklif etilgan shaxslarning yig’ilishga sababsiz kelmaganligi yig’ilish kun tartibini ko’rib chiqilmasligiga to’sqinlik qila olmaydi.
24. Komissiya yig’ilishida kun tartibi hamda Tuman AKM rahbariyati yoki Komissiyaga murojaat etgan shaxsnining arizasi o’qib eshittiriladi.
25. Komissiya tomonidan ko’rib chiqilayotgan masala bo’yicha arizachi yoki ustidan ariza tushgan mutaxassis-xodimning tushuntirishi eshitilishi mumkin.
26. Mutaxassis-xodim o’z huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatining himoyasi uchun Komissiyaga hujjatlar, materiallar hamda boshqa axborotlarni taqdim etishga haqli.
27. Mutaxassis-xodim tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilish holati o’z tasdig’ini topgan taqdirda. Komissiya:
mutaxassis-xodimga nisbatan ogohlantirish tarzidagi ta’sir ko’rsatish chorasini qo’llash to’g’risida;
mutaxassis-xodimning egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida taklif kiritish to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.
28. Mutaxassis-xodimning harakatlarida odob-axloq qoidalari buzilishi holati aniqlangan taqdirda. Komissiya tomonidan murojaat ko’rib chiqilmasdan qoldirilishi mumkin.
29. Komissiya qabul qilgan qaror haqida arizachiga, o’ziga nisbatan masala ko’rib chiqilgan mutaxassis-xodimga va Tuman AKM direktoriga yozma ravishda ma’lum qiladi.
30. Komissiya tomonidan ko’rib chiqilgan masala yuzasidan Tuman AKM direktori buyrug’i loyihasi tayyorlanganda, unga qisqa tushuntirish xati va boshqa zaruriy ma’lumotlar ilova qilinadi.
31. Mutaxassis-xodimlar tomonidan Komissiya qarori ustidan Tuman AKM rahbariyatiga shikoyat qilishi mumkin.
32. Tuman AKM direktori Komissiya qarorini bekor qilishga va o’z vakolati doirasida boshqa qaror qabul qilishga haqli.
33. Mutaxassis-xodim tomonidan odob-axloq qoidalari va ichki mehnat intizomining buzilishiga yo’l qo’yilgan taqdirda tuman AKMning tarkibiy tuzilmalari Komissiyaga odob-axloq qoidalarining buzilish holati bo’yicha ma’lumot kiritish va ushbu masalani ko’rib chiqishni taklif etishga haqli.
34. Murojaat uning tashabbuskori tomonidan Komissiya qarori qabul qilinguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.
35. Taraflarning yarashuvi, shuningdek, xodim o’z xohishi bilan oshkora uzr so’ragan hollarida, o’ziga nisbatan ta’sir choralari qo’llanilishidan ozod etilishi mumkin.


SAMARQAND VILOYAT QO’SHRABOT TUMAN AKMNING
ODOB-AXLOQ KOMISSIYASI TARKIBI

Komissiya raisi: N.Egamova
Komissiya a’zolari:

A.Normamatov– Bosh hisobchi;

S.Qayumova – Xizmat raxbari

T.Rasulova – Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi;


Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o’tgan taqdirda Komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan rahbar yoki xodim kiritiladi.
Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin