II. Tuman AKM mutaxassis-xodimlarining xizmatdagi xulq-atvorining asosiy prinsiplari
6. Mutaxassis-xodimlarning xizmat xulq-atvori prinsiplari quyidagilardan iborat bo’ladi:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik;
davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, halollik va xolislik;
manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymaslik.
7. Ushbu prinsiplarga qatiy amal qilishda mutaxassis-xodimlar quyidagilarga majbur:
xizmat vazifalarini bajarishda davlat va jamiyat prinsiplari hamda talablariga qatiy rioya etish;
yuklatilgan vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;
yuqori davlat organlari va mansabdor shaxslarning o’z vakolati doirasida qabul qilgan (bergan) qarorlarini (topshirig’ini) bajarish;
xizmat faoliyatini qonun hujjatlari, lavozim vakolatlari doirasida olib borish;
xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxs, guruhlar yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ularning ta’siridan mustaqil bo’lish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo’l qo’ymaslik;
xizmat vazifalarini bajarishga to’sqinlik qiluvchi biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlar ta’siri bilan bog’liq bo’lgan xatti-harakatlarga barham berish;
normativ-huquqiy hujjatlar va idoraviy hujjatlarda belgilangan cheklashlar va taqiqlarga rioya qilish, o’z xizmat vazifalarini og’ishmay bajarish;
O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar xalqlarining urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, turli etnik, ijtimoiy guruhlar, konfessiyalarning madaniy hamda boshqa xususiyatlarini inobatga olish, ijtimoiy barqarorlikka, millatlararo totuvlikka ko’maklashish;
xizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xatti-harakatlardan o’zini tiyish, obro’siga yoki muassasa nufuziga zarar yetkazishi mumkin holatlarni kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik;
xizmatga taalluqli ma’lumotlar va axborotlarini taqdim qilishda joriy qilingan tartibga rioya etish.
8. Siyosiy, iqtisodiy vajlar va boshqa subyektiv sabablar mutaxassis-xodimlarni qonun hujjatlari talablarini buzishga asos bo’la olmaydi.
9. Tuman AKM xodimlari korrupsiya holatlarini oldini olishga ko’maklashishlari lozim.
10. Tuman AKM xodimlari huquqbuzarliklar sodir etishga og’dirish holatlarini sezganlarida, rahbariyatga (yoki yuqori turuvchi organ rahbariyatiga, huquqni muhofaza qilish organlariga) xabar berishlari lozim.
11. Tuman AKM xodimlarning rahbariyat tomonidan qonunchilik talablarini buzilish holatlari to’g’risida bildirgan fikri, murojaati, tanqidi uchun ishdan, lavozimdan bo’shatish, boshqa shaklda ta’qib qilishga yo’l qo’yilmaydi.
12. Tuman AKM xodimlari xizmatda foydalanish uchun mo’ljallangan hujjatlarni oshkor qilmasliklari bo’yicha ichki tartibiga rioya qilishlari lozim.
13. Tuman AKM tuzilma raxbarlari o’ziga bo’ysunuvchi mutaxassis-xodimlarni yuqori kasbiy mahorat, sofdillik va adolatli bo’lib tarbiyalashga, jamoada ma’naviy-psixologik muhitni shakllanishiga ko’maklashishi, xizmat vazifalari doirasida topshiriqlarni sifatli bajarishga, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishdan himoya qilishi lozim.
14. Tuman AKM tuzilma rahbarlari o’z faoliyatini olib borishda quyidagi salbiy holatlarni oldini olishi lozim:
kadrlarni qarindoshlik yoki sadoqat belgilari bo’yicha tanlash va lavozimga qo’yish;
jamoada guruhbozlik, mahalliychilik holatlarini kelib chiqishini;
manfaatlar to’qnashuvini;
korrupsiyani;
o’z xulqi va atvori bilan etikatalablarni buzgan mutaxassis-xodimlarga nisbatan o’z vaqtida ta’sir choralarini ko’rish.
15.Tuman AKM tuzilmalari mutaxassis-xodimlari o’zlarining xizmatdagi xulk-atvori bilan jamoada o’rnak bo’lishga va o’zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik ruhida ishlashga da’vat etishi, xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo’lishi, ularni hurmat qilishi, qo’pollik qilmasligi, inson sha’ni va qadr-kimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.
16. Tuman AKM va uning tuzilmalari mutaxassis-xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog’ida ish sharoitlari va xizmat tadbirlarining shakliga qarab, tashqi ko’rinishiga, o’zining ish uslubi, rasmiyliligi, vazminligi va tartibliligi bilan ajralib turishi kerak.
17. Tuman AKM mutaxassis-xodimlariga tashqi ko’rinishi bo’yicha quyidagi talablar qo’yiladi:
kiyinish uslubi ish uslubiga monand bo’lishi zarur;
kiyim toza, dazmollangan, atrofdagilarni o’ziga jalb qiladigan turli xildagi bezaklarsiz bo’lishi lozim;
tanlangan poyafzal xodimning kiyimiga mos bo’lishi kerak.
18. Erkak mutaxassis-xodimlarning tashqi ko’rinishiga quyidagi talablar qo’yiladi:
keng sviterlar, guldor va rang-barang ko’ylaklar, futbolkalar, sport uslubidagi kiyimlar va poyafzallar, jinsi matosidan tikilgan shimlar, shortalar, diniy ibodat libosini kiyish, shuningdek, soch-soqolni o’stirgan holda ishga kelish mumkin emas;
kostyum va shimlar qora, kulrang, ko’k ranglardagi sidirg’a yoki chiziqli matolardan, ko’ylaklar esa ochiq ranglarda (oq, kulrang, ko’k) bo’lishi lozim, kostyum rangi yorqin bo’lmasligi;
shimlarning klassik uzunligi poyafzalni old va orqa qismini yarmini yopib turishi lozim. Shimlar tor bo’lmasligi hamda chizig’i shimning o’rta qismidan kesib o’tishi;
galstukning kengligi o’rtacha, uzunligi kamargacha bo’lib, rangi kostyum va ko’ylakka mos tanlanishi;
xodimlarning soch turmagi tartibli, o’rta uzunlikda va taralgan bo’lishi;
etika qoidalariga ko’ra erkak kishi har doim pidjak kiyib yurishi (ob-havo issiq bo’lgan holatlar bundan mustasno bo’lib, unda galstuksiz kalta yengli ko’ylak kiyish mumkin);
erkak xodimlarning poyafzali to’q rangda bo’lib, pidjak hamda shimning rangiga mos kelishi (qora rangdagi tuflini har qaysi kiyimga mos kelishi tajribadan ma’lum);
Kiyinishning standart jamlamasi klassik uslubdagi palto, kurtka, plash, kostyum, pidjak, pidjak rangiga mos keluvchi to’q rangdagi shim, ko’ylak, jilet, mos keluvchi galstuk, to’q rangdagi paypoq, tufli, klassik uslubdagi etikdan tashkil topishi lozim.
19. Ayol xodimlarning tashqi ko’rinishiga qo’yiladigan talablar:
klassik shakldagi kostyum, yubka, bluzka va ko’ylakdan iborat bo’lishi, ob-havodan qat’iy nazar libos yengsiz, yelka qismini ochib turmasligi hamda tanani shaffof ko’rsatib turuvchi yupqa matodan tiqilgan bo’lmasligi (ko’ylak yengining uzunligi kamida 10 sm. bo’lishi kerak);
yubka tor, kalta va chuqur kesiqli bo’lmasligi (yubkaning klassik uzunligi oyoqning tizza qismini o’rtasigacha bo’lishi kerak);
jinsi matosidan va sport uslubida tikilgan kiyimlar, shortalar, tanaga yopishib turadigan shimlar kiymaslik;
tanaga tor yopishib turadigan ko’ylaklar, futbolkalar, yozgi maykalar (agar ustidan kostyum kiyilgan bo’lmasa), old qismi chuqur o’yilgan kofta va ko’ylaklar, qorin qismini ochib turadigan koftalar, turli xil rangli, yozuvli, odamlar surati va hayvonlar rasmi tushirilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiymaslik;
sayohat hamda sport uslubidagi poyafzallar kiymaslik;
diniy ibodat libosida ish joyiga kelmaslik;
katta hajmdagi, juda ko’p va yorqin hamda shovqinli ovoz chiqaruvchi taqinchoqlar, o’ta bachkana aksessuarlar, turli xil patlar, bantlarni ishga taqib kelmaslik;
bo’yanishi o’ta yorqin bo’lmasligi, sochlar orasta yig’ilgan, o’rilgan yoki turmaklangan, ortiqcha aksessuarlardan holi bo’lishi va boshqalarning e’tiborini tortmasligi;
turli xil o’tkir hidli orastalovchi vositalardan me’yorida foydalanish.
Shuningdek, mas’ul lavozimdagi ayol xodimning kiyinish standart jamlamasi quyidagilardan tashkil topishi tavsiya etiladi:
klassik uslubdagi pal’to, kurtka, plash, kostyum, jaket, yubka va shimlar, bir xil rangdagi kofta va bluzkalar, 4–5 sm. balandlikdagi tufli, klassik uslubdagi etik;
zargarlik buyumlari va taqinchoqlar tanlangan libosga mos bo’lishi.
20. Tuman AKM va uning tuzilmalari mutaxassis-xodimlari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishlari, g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yo’l qo’ymasligi kerak.