Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


III. Komissiya ishini tashkil etish



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə37/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

III. Komissiya ishini tashkil etish

8. Komissiya raisi Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarilishi uchun javob beradi. Komissiya raisi hozir bo’lmaganda uning funksiyalarini kelishilgan holda Komissiya a’zolaridan biri bajaradi.


9. Komissiya qarorlar qabul kilishda teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga asoslanadi.
10. Komissiya yig’ilishi Komissiyaning oddiy ko’pchilik a’zolari qatnashganda qonuniy hisoblanadi.
11. Komissiya yig’ilishining o’tkazilishi va muhokama etiladigan kun tartibi a’zolarga ikki kun oldin yetkaziladi.
12. Komissiya yig’ilishi qarori Komissiya raisi tasdiqlaydigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
13. Komissiya yig’ilishlari uning vakolatiga kiradigan masalalar tayyorlanishiga qarab, biroq yil choragida kamida bir marta o’tkaziladi.
14. Komissiya yig’ilishlarini tashkiliy-texnik ta’minlash Komissiya raisi va kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
15. Komissiya qarorlari Komissiya yig’ilishida qatnashayotgan a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiyaning qabul qilingan qaroridan norozi bo’lgan a’zosi o’z fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir, u yig’ilish bayonnomasiga tirkab qo’yiladi.
16. Komissiyaning tegishli masala bo’yicha qarori va mazkur masala bo’yicha xulosa Tuman AKM direktoriga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
17. Komissiya a’zolari o’z ishini jamoatchilik asosida olib boradilar.
18. Komissiyani qayta tashkil etish, tugatish va o’zgartirishlar kiritish Tuman AKM direktori buyrug’iga asosan amalga oshiriladi.
19. Komissiya a’zosi Komissiya yig’ilishida qatnashishi va o’ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart. Komissiya a’zosi Komissiya yig’ilishida obyektiv sabablarga ko’ra qatnasha olmagan taqdirda Komissiya raisini oldindan xabardor etishi lozim.
20. Komissiya a’zosi quyidagi huquqlarga ega:
Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladigan barcha masalalar bo’yicha ovoz berishga;
Komissiya ishini olib borish bo’yicha takliflar kiritishga;
Komissiya qarorlarini tayyorlashda, muhokama qilishda va qabul qilishda ishtirok etish, qabul qilingan qarorlarni ijrosi bo’yicha tegishli ma’lumot so’rab olishga;
Komissiya yig’ilishi kun tartibi bo’yicha to’plangan hujjatlar va materiallar bilan tanishish;
Komissiyaning qabul qilingan qaroridan norozi bo’lgan taqdirda o’z fikrini yozma ravishda bayon qilishga;
Komissiya a’zosi ushbu Nizomga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.


Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin