Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat yonuvchi moddaga yo q i l g’ i deyiladi. Kimyoviy reaktsiyaning jadal borishi natijasida yoqilg’i o’zidan issiqlik chiqaradi. Yoqilg’iga quyidagi talablar qo’yiladi: yonish vaqtida ko’p miqdorda issiqlik chiqarish; yonish mahsulotining tarkibida tabiatga zarar yetkazadigan moddalar miqdorining kam bo’lishi; tez va to’la yonishi; qazib olish oson bo’lishi va qayta ishlash hamda transportda bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishning oson bo’lishi. Yoqilg’i qazib olinishi va tayyorlanishiga ko’ra tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiatda ishlatishga tayyor mavjud bo’lgan yoqilg’ilar
t a b i i y yo q i l g’ i l a r deyiladi. Qazib olinadigan toshko’mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, gaz, o’tin, qishloq xo’jaligi ishdab chiqarishi chiqindilari tabiiy yoqilg’i hisoblanadi. Tabiatdagi yoqilg’ilarni yoki umuman moddalarni qayta ishlash natijasida olinadigan yoqilg’ilar
s u n ‘ i y yo q i l g’ i l a r deyiladi. Bularga koks, kukun holatigacha maydalangan qattiq yoqilg’i, briketlar, yog’och ko’miri, benzin, kerosin, solyar moyi, gazoylg’, motor moyiYu mazut, domna va koks batariyasi gazlari va tabiiy gazni qayta ishlashda olinadigan gazlar kiradi.