Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


SAMARQAND VILOYAT QO’SHRABOT TUMAN AKMNING



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə36/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

SAMARQAND VILOYAT QO’SHRABOT TUMAN AKMNING
ODOB-AXLOQ KOMISSIYASI TO’G’RISIDAGI NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Tuman AKMning odob-axloq komissiyasi (keyingi o’rinlarda – Komissiya deb yuritiladi) tizimda faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis-xodimlarni odob-axloq qoidalariga rioya etishi va uni buzilishiga yo’l qo’yish holati bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadi.


2. Komissiya o’z ishini O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Komissiya tarkibi Tuman AKM direktori buyrug’i bilan tasdiqlanadi, bekor qilinadi va zaruriy hollarda o’zgartirishlar kiritiladi.
4. Komissiya tarkibi Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan tashkil topib, kamida 7 kishidan iborat bo’ladi.
5. Komissiya tarkibiga soha faoliyatida salmoqli tajribaga ega, obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan mutaxassis-xodimlar kiritiladi.

II. Komissiyaning vakolatlari

6. Komissiyaga quyidagi vakolatlar yuklatiladi:


Tuman AKMning odob-axloq qoidalariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Komissiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Tuman AKM direktorining ko’rsatma va buyruqlar loyihalarini ishlab chiqish;
mutaxassis-xodim tomonidan odob-axloq qoidalariga, shuningdek, umumiy qabul qilingan odob-axloq normalarini buzish holatlarini ko’rib chiqish, xulosalar tayyorlash;
mutaxassis-xodimlar o’rtasida qoidabuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
mutaxassis-xodim tomonidan umumiy qabul qilingan axloq normalarini, odob-axloq qoidalarining buzilishi va uning oqibatida xodimni (xodimlarni) obro’sizlanishiga, Tuman AKM nufuziga putur yetkazadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi bilan bog’liq murojaatlarni ko’rib chiqish;
jismoniy va yuridik shaxslarning mutaxassis-xodimning xatti-harakatlari bilan bog’liq murojaatlarini ko’rib chiqish;
mutaxassis-xodimning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirish vaqtida tuzilma mansabdor shaxslari tomonidan huquqlarini buzilishi va paymol qilinishi holatlari yuzasidan ariza va bildirgilarni ko’rib chiqish;
mutaxassis-xodimning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish va takliflar kiritish;
mutaxassis-xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya qilishning borishi holati monitoringini yuritish;
Tuman AKM direktori ko’rsatmasi (buyrug’i)ga asosan mutaxassis-xodim tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi, rioya etilmayotganligi masalalarini o’rganib chiqish va uning natijalari bo’yicha axborot berish;
Tuman AKM direktori raisligida o’tkaziladigan yig’ilishlar (videokonferensiyalar) kun tartibiga Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha ma’lumot va axborotlar kiritish;
Komissiya ishiga zaruriy hollarda ichki ekspert sifatida qo’shimcha mutaxassis-xodimlarni jalb qilish;
mutaxassis-xodim tomonidan odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, uning shaxsiy yig’ma jildidagi hujjatlari bilan tanishish uchun Kadrlar xizmatidan so’rab olish;
Tuman AKM direktori buyrug’i bilan Komissiyaga qo’shimcha vakolatlar berilishi mumkin.
7. Komissiya Tuman AKM va uning tasarrufidagi tuzilmalar xizmatlari, Kasaba uyushmasi qo’mitalari, jamoat kengashlari bilan hamkorlik qiladi.


Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin