Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə2/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

II. SHARTNOMA TOMONLARI

2.1. Quyidagilar ushbu Shartnoma tomonlari hisoblanadi:


Bir tomondan Samarqand viloyat Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazi direktori (keyingi o’rinlarda – Ish beruvchi).
Ikkinchi tomondan Samarqand viloyat Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlarining vakolatli vakili sifatida Kasaba uyushmasi qo’mitasi (keyingi o’rinlarda – Kasaba uyushmasi qo’mitasi).


III. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

3.1. Shartnoma tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va uch yil muddatga (2025-yil 31-dekabriga qadar) amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki mazkur shartnomani o’zgartirguncha (to’ldirguncha) amalda bo’ladi.


3.2. Tomonlar Shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, qo’shimcha va o’zgartirish kiritish masalasi tomonlarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Yangi Shartnoma tuzish to’g’risidagi masalani ushbu Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan 3 oy ilgari muhokama qilishga kelishib oladilar.
Agar Shartnomaning amal qilish muddati tugagandan so’ng, tomonlar uning muddatini uzaytirish yoki yangisini qabul qilish to’g’risidagi taklif bilan chiqmagan bo’lsa, u holda, Shartnomaning amal qilish muddatini kelgusi 3 yilga uzaytirish masalasi mehnat jamoasi umumiy yig’ilishi qarori bilan rasmiylashtiriladi.
IV. SHARTNOMANING AMAL QILISH DOIRASI

4.1. Shartnomaning amal qilishi ish beruvchiga va ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan barcha xodimlarga, shu jumladan, u kuchga kirgandan keyin ishga qabul qilinayotgan xodimlarga ham tatbiq etiladi.


4.2.Shartnomaning bandlariga xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini yomonlashtirmagan holda, o’zgartirish va qo’shimchalarni kiritish Nizom asosida amalga oshirilib, keyinchalik mehnat jamoasining umumiy yig’ilishida tasdiqlash sharti ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasining o’zaro kelishuviga ko’ra ko’rib chiqilib, qo’shma buyruq-qaror bilan rasmiylashtirish mumkin.
Mazkur Shartnomani tuzuvchi tomonlardan hech biri amal qilish muddatida o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarilishini bir tomonlama to’xtatishga (o’zgartirishga) yo’l qo’ymaydi.
4.3. Ish beruvchi mehnat shartnomasiga va lokal hujjatlarga (ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozim yo’riqnomalari va h.k.), amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga, Tarmoq kelishuvi va ushbu Shartnoma qoidalariga zid keladigan shartlarni kiritmasligi kerak.
4.4. Tuman AKM qayta tashkil etilsa yoki faoliyati to’xtatilsa, Shartnoma butun qayta tashkil etilgan yoki faoliyati to’xtatilgan vaqt mobaynida amalda bo’lishda davom etadi.



Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin