Samarqand viloyat Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining 2023–2025-yillar uchun jamoa shartnomasi


VII. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI



Yüklə 118,63 Kb.
səhifə6/38
tarix11.07.2023
ölçüsü118,63 Kb.
#136317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Тойлок т АКМ ЖШ (2)

VII. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI

7.1. Xodimning normal ish vaqti muddati O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga va ish beruvchining ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq normal mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo’lgan xodimlar uchun haftasiga 40 soatdan oshmasligi ta’minlanadi.


7.2. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim.
a) 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan xodimlar uchun – 6 kunlik ish haftasida 6 soatdan,
5 kunlik ish haftasida 7 soatu 30 daqiqadan ortiq ketmagan, mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda;
b) I va II guruh nogironi bo’lgan xodimlar uchun kunlik ishning davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiysining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi lekin
6 kunlik ish haftasida 6 soatdan, 5 kunlik ish haftasida 7 soatu 30 daqiqadan ortiq ketmagan, mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda;
v) uch yoshgacha to’lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda (O’R MK 397-modda).
7.3. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 186-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek quyidagi asoslardan biri mavjud bo’lganda xodimning iltimosiga ko’ra unga to’liqsiz ish vaqti belgilab qo’yilishi shart:
a) oila a’zolaridan birining betobligida (tibbiy xulosaga binoan);
b) profilaktik davolanish zaruriyatida (tibbiy xulosaga binoan);
v) farzandini maktab yoshigacha tarbiyalash muassasasiga beruvchi yolg’iz onalarga oilaviy sharoitiga ko’ra;
g) 14 yoshgacha farzandi bor yolg’iz ota yoki onaga.
Bunday holatlarda xodimga ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lanishi buyruq bilan rasmiylashtirilishi lozim.
To’liqsiz ish vaqti rejimidagi mehnat uchun haq ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda, lekin Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasining 1-razryadi stavkasidan kam bo’lmagan miqdorda to’lanadi.
7.4. Xodimlarga ish kuni davomida (smena) ish vaqtiga kiritilmaydigan dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus beriladi.
7.5. Tanaffus berish vaqti va uning qancha davom etishi kutubxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafikalarida belgilanadi.
7.6. Yillik asosiy ta’til (qonun hujjatlariga binoan asosiy uzaytirilgan ta’tillar o’rnatilgan xodimlardan tashqari) barcha xodimlar uchun 21 kalendar kunidan iborat etib belgilanadi.
7.7. Quyidagi hollarda qo’shimcha yillik mehnat ta’tillari beriladi:
a) rahbar va mutaxassis xodimlarga 8-ilovada keltirilgan lavozimlar ro’yxatiga binoan.
Har yillik asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kunidan kam bo’lmasligi ta’minlanadi.
7.8. Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari ishga jalb qilishga quyidagi holatlarda yo’l qo’yiladi:
- tabiiy ofat, avariya;
- foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish zaruriyati bo’lsa;
- hukumat qarorlariga asosan.
7.9. Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo’llanishi mumkin.
Dam olish va bayram kunlarida, kechki va tungi vaqtda ishlashga hamda me’yordan ortiq ishlarga istisno hollarda faqat xodimning yozma roziligi va kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan oldindan kelishilgan tartibda, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 396-, 417-, 428-moddalarining birinchi qismida belgilangan cheklanishlarga rioya qilgan holda yo’l qo’yiladi.
Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun xodimning xohishiga ko’ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensasiya qilinadi yoki tarif stavkasining kamida ikki hissa miqdorida haq to’lanadi.
7.10. Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi, ya’ni faqat bayram kunidan bir kun oldin nazarda tutilgan.
Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to’lanadi. Otgul berish muddati xodim va ish beruvchi o’rtasida kelishib hal etiladi.
7.11. Birinchi ish yili uchun yillik asosiy ta’til 6 oy tamom bo’lgandan keyin beriladi. Ikkinchi va keyingi yil uchun yillik asosiy ta’til xodimning ishlagan davriga qarab va ta’til jadvaliga muvofiq yilning istalgan vaqtida beriladi.
7.12. Yillik ta’tillarni berish muddati keyingi taqvim yili boshlanguniga qadar xodimning ishlagan davriga qarab va tasdiqlanadigan jadvaliga muvofiq Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan holda Ish beruvchi tomonidan belgilanadi.
Xodimlarning har yilgi asosiy va qo’shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarid hisoblab chiqariladi.
Har yilgi mehnat ta’tilida bolgan vaqt uchun xodimga o’rtacha ish haqi saqlanishi kafolatlanadi.
Yillik haq to’lanadigan mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga qo’shimcha ravishda muddati ikki haftadan 4 haftagacha bo’lgan ish haqi saqlanmagan holda berilgan ta’tillar ham kiritiladi.
7.13. Xodimning xohishiga ko’ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:
1941 – 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo’yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o’n to’rt kalendar kungacha;
I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga – har yili o’n to’rt kalendar kungacha;
ikki yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;
o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogironligi bo’lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxsga) – har yili o’n to’rt kalendar kungacha.
7.14. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 208-moddasida ko’rsatib o’tilgan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to’g’ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko’chiriladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko’rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to’xtatib qo’yish mumkin bo’lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko’chirilmaydi.
Dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan boshqa kunlarga ko’chirilishi mumkin.
7.15. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 227-moddasida nazarda tutilgan xodimlar toifalariga qo’shimcha ravishda, olti oy o’tguniga qadar xodimning xohishiga ko’ra quyidagilarga birinchi ish yili uchun mehnat ta’tili beriladi:
ayollarga – homiladorlik va tug’ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin;
o’n to’rt yoshga to’lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o’n olti yoshga to’lmagan nogironligi bo’lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg’iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslarga);
o’n sakkiz yoshdan kichik bo’lgan shaxslarga;
rezervga bo’shatilganidan keyin uch oydan kechiktirmay ishga kirgan muddatli harbiy xizmatni o’tagan sobiq harbiy xizmatchilarga;
1941 – 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo’yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
I va II guruh nogironligi bo’lgan xodimlarga;
ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o’qiyotganlarga, agar ular o’zining har yilgi mehnat ta’tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertasiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni xohlasa.
Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo’lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.
Ta’tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishuvga ko’ra tasdiqlanadi.
7.16. Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan 15 kun oldin xabardor etiladi.
7.17. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 228-moddasida nazarda tutilgan xodimlar toifalariga qo’shimcha ravishda xodimning xohishiga ko’ra har yilgi mehnat ta’tili unga qulay bo’lgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak:
ayollarga – homiladorlik va tug’ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin;
bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga ushbu ta’tildan oldin yoki keyin;
o’n to’rt yoshga to’lmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (o’n olti yoshga to’lmagan nogironligi bo’lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg’iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o’rnini bosuvchi shaxslarga);
I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga;
1941 – 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo’yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
o’n sakkiz yoshdan kichik bo’lgan shaxslarga;
ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o’qiyotganlarga, agar ular o’zining har yilgi mehnat ta’tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertasiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni xohlasa;
“O’zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga.
7.18. Tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek yong’inlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar ro’y bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz uning vaqtincha masofadan turib ishlashga o’tishiga yoki o’tkazilishiga yo’l qo’yiladi.
Masofadan turib ishlovchi xodimning mehnatiga haq to’lash, basharti u mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajarsa, xodimning bazaviy lavozim maoshidan kam bo’lmagan miqdorida haq to’lanadi.
7.19. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 202-moddasida nazarda tutilgan davrlardan tashqari, xodimga dam olish uchun emas, balki boshqa maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning quyidagi davrlari ham dam olish vaqtiga kirmaydi.
7.19.1. Kasaba uyushmalarining saylab qo’yiladigan organlari ishida, ijtimoiy-mehnat masalalari bo’yicha komissiyalar faoliyatida ishtirok etish;
7.19.2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlari bilan tuzilgan komissiyalar ishida ishtirok etish;
7.19.3. Kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etiladigan ta’lim, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish.
7.20. Jadvalda belgilangan ta’tildan foydalanish vaqti xodim va Ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan o’zgartirilishi mumkin.
7.21. Xodim xohishiga binoan uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga bo’lish mumkin. Bunda ta’tilning bir qismi kamida 14 kalendar kun bo’lishi kerak.
7.22. Xodimning roziligi bilangina ta’tildan chaqirib olishi mumkin. Shu sababli foydalanilmagan ta’tilning bir qismi ushbu yil davomida boshqa vaqtda berilishi kerak.
7.23. Mehnat ta’tillarini berish tartibi va ta’til kunlari soni (21+3=24, 21+7=28 kalendar kun) 8-ilova asosida belgilanadi. Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo’lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko’p bo’lmagan har yilgi qo’shimcha mehnat ta’tili beriladi (MK 220-modda).
7.24. 12 yoshdan kichik 2 yoki undan ko’p farzandi bo’lgan ayolga, 16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayolga har yili kamida 4 kalendar kunlik qo’shimcha haq to’lanadigan ta’til beriladi. (MK 401-modda)
7.25. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning ish haqi saqlanib qolinadigan ijtimoiy ta’tillar berish haqidagi iltimosini qanoatlantirishni o’z zimmasiga oladi:

Yüklə 118,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin