V. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
O’zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida”gi qonuniga amal qilgan holda, Tuman AKMning ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy-ijodiy faoliyati mamlakatning madaniy-tarixiy milliy boyligi bo’lgan fondlarni saqlash va ko’paytirish bo’yicha Tuman AKMning vazifasi bajarilishini ta’minlash, ya’ni aholining keng qatlami milliy va jahon axborot resurslaridan erkin va to’siqsiz foydalanishiga erishishni, kitobxonlarga xizmat ko’rsatishni va yangi axborot texnologiyalarini hisobga olib, kitob fondlarini saqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
5.1. Kasaba uyushmasi qo’mitasi bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish maqsadida tuman AKM xizmatini kengaytirish, daromadlarni oshirish va xarajatlarni kamaytirish (elektr energiyasi, devonxona mollari, transport xarajatlari va h.k. tejash)ni hamda halol, sifatli va unumli mehnat xodimlar farovonligining asosi ekanligini tan oladi.
5.2. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo’mitasining Tuman AKM xodimlarining vakolatli vakili sifatida tan oladi.
5.3. Ish beruvchi mehnat muhofazasi bo’yicha vakillarni va mehnat nizolari bo’yicha komissiya a’zolarini tuman AKM mehnat jamoasining vakillari sifatida tan oladi (XMTning 135-Konvensiyasi).
5.4. Ish beruvchi quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi (O’zR MK
25-modda):
5.4.1. Shartnomada nazarda tutilmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilishdan avval, Kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan oldindan maslahatlashib olish, mehnat haqidagi qonunchilikda va boshqa me’yoriy aktlarda ko’zda tutilgan hollarda esa, uning roziligini olish;
5.4.2. Kasaba uyushmasi so’roviga ko’ra xodimlarning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy himoyalashni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy axborotni amaldagi statistik hisobot chegarasida taqdim etish;
5.4.3. Ish beruvchi mablag’lari hisobidan Kasaba uyushmasi qo’mitasini Tarmoq Ustavida belgilangan faoliyatini amalga oshirishi uchun alohida jihozlangan xona, zamonaviy texnika vositalari, kanselyariya mollari bilan ta’minlash (O’zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari to’g’risida”gi Qonunining 18-moddasi);
5.4.4. Kasaba uyushmasi a’zolik badallarini xodimning yozma roziligi bilan Tuman AKM buxgalteriyasi orqali Kasaba uyushmasi qo’mitasi va yuqori Kasaba uyushmasi organlari hisob raqamiga o’z vaqtida, ya’ni mehnatga haq to’lash bilan bir vaqtda, pul o’tkazish yo’li bilan to’lanishining amaldagi tartibini saqlab qolish (joriy etish);
A’zolik badallarini o’z vaqtida o’tkazish uchun javobgarlikni shaxsan bosh hisobchi zimmasiga yuklatish;
5.4.5. O’z mablag’laridan har oyda Mehnatga haq to’lash jamg’armasining (MHTJ) kamida 0,6 foizi miqdoridagi mablag’ni madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish tadbirlari, respublika hududidagi tarixiy qadamjolarga sayohatlar tashkil etish, konsertlar, teatrlarga va istirohat bog’lariga chiptalar xarid qilish, moddiy yordam ko’rsatish, rag’batlantirish, asosiy ishidan ozod etilgan holda faoliyat yuritayotgan Kasaba uyushmasi qo’mitasining shtatdagi xodimlariga haq to’lash va boshqa maqsadlar uchun tegishli Kasaba uyushmasi qo’mitasi hisob raqamiga o’tkazish (O’zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari to’g’risida”gi Qonunining 18-moddasi);
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisob raqamiga 0,4 foizi miqdoridagi mablag’ni o’tkazish
5.4.6. Kasaba uyushmasi qo’mitasining Shartnoma bajarilishidagi mavjud kamchiliklar to’g’risidagi taqdimotlarini bir haftalik muddat ichida ko’rib chiqish va yozma ravishda asoslangan javob berish;
5.4.7. Yangi xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzayotganda, ularni mazkur Shartnoma va Ish beruvchi hamda Kasaba uyushmasi qo’mitasi o’rtasida tuzilgan boshqa hujjatlar bilan tanishtirish, shuningdek mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida choralar ko’rish;
5.4.8. Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisini Tuman AKMning har yillik biznes-rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etishni ta’minlash.
5.4.9.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5775-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “O’zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 349-son Qaroriga to’liq rioya etish;
5.4.10. Barcha bo’g’in kasaba uyushmasi vakillarini Ustav vazifalarini bajarish uchun ish joylariga moneliksiz qo’yish;
5.4.11. Xodimlarni o’z mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan, qabul qilinayotgan ichki hujjatlar bilan imzo qo’ydirib tanishtirishi majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi.
5.5. Kasaba uyushmasi qo’mitasi quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:
5.5.1. Tuman AKMning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturining bajarilishiga ko’maklashish, xodimlarning tashabbusi va ijodkorligini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish;
5.5.2. Mehnatga haq to’lashning qo’llanilayotgan tizimlari, ish haqining to’lanishi, ushbu Shartnoma bo’yicha qo’shimcha to’lovlarning to’g’riligi, turmush sharoitlari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasini yaxshilash bo’yicha tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
5.5.3. Ish beruvchi va uning vakillari tomonidan mehnat qonunchiligi me’yorlariga amal qilish nazoratini olib boradi va xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirilishiga ko’maklashish;
5.5.4. Ish joylaridagi mavjud kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etilishiga erishish va Ish beruvchi tomonidan ish joylarining mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq holatga olib kelinishi borasida tegishli choralar ko’rilishini talab qilish;
5.5.5. Xodimlar va ularning oila a’zolarining dam olishi hamda sog’lomlashtirilishi uchun xodimlar tomonidan taqdim etilgan arizalariga muvofiq sog’lomlashtirish maskanlariga yo’llanmalar ajratilishini ta’minlash;
5.5.6. Kasaba uyushmasi a’zolari orasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, nizoli vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan choralar ko’rish;
5.5.7. Kasaba uyushma a’zolarining mehnat qilish huquqlarini himoya qilish, mehnat qonunchiligiga rioya qilish, mehnat muhofazasi va boshqa masalalar bo’yicha huquqiy yordam ko’rsatish hamda bepul huquqiy maslahat berish;
5.5.8. Kasbga oid turli xil tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, o’tkazish va g’oliblarga rag’batlantiruvchi sovrinlar, mukofotlar ajratishni ta’minlash;
5.5.9. Ish beruvchi tomonidan mehnat to’g’risidagi qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga rioya etishlishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi.
5.6. Xodimlar majburiyatlari (O’zR MK 22-modda):
5.6.1. Mehnat to’g’risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi;
5.6.2. Mehnat shartnomasi bilan o’z zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarishi;
5.6.3. Ichki mehnat tartibiga rioya etishi;
5.6.4. Mehnat intizomiga rioya etishi;
5.6.5. Belgilangan mehnat normalarini bajarishi;
5.6.6. Mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etishi;
5.6.7. Ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo’lsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishi;
5.6.8. Ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o’rnini Mehnat kodeksida belgilangan tartibda va doirada qoplashi;
5.6.9. Insonlarning hayoti va sog’lig’iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida bo’lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo’lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to’g’risida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi;
5.6.10. Boshqa xodimlarning o’z mehnat majburiyatlarini bajarishiga to’sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.
5.6.11. Hukumat qarorlari bilan o’tkaziladigan maqsadli umumxalq xayriya hasharlarida faol ishtirok etish majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |