III. Xodim kiyimi uslubiga qo’yiladigan talablar
3.1. Xodim kiyimining uslubi: ish uslubiga monand.
3.2. Afzal ranglar majmui:
- to’q ranglar: qora, to’q ko’k – pastki qism;
- yorqin ranglar: oq, sarg’ish, qaymoq, oq-sariq, zangori – tepa qismi.
Charm va jinsi, shaffof yoki yaltiroq matolardan tikilgan kiyimlarga ruxsat berilmaydi.
3.3. Ayollarga quyidagilar tavsiya etiladi:
- bluzalar, koftalar;
- kostyum, yubka yoki shim bilan jaket (yubka uzunligi tizzadan oshmasligi kerak);
- bo’yanishda, manikyur, taqinchoqlarda sipolik va tabiiylik;
- soch turmagi kiygan kiyimi bilan mos kelishi lozim.
Quyidagilarga ruxsat berilmaydi:
- juda keng va juda tor shimlar;
- juda kalta yubka;
- keng sviterlar;
- chuqur o’yilgan kiyimlarga;
- sport kiyimi;
- belga yetib kelmaydigan koftalar;
- setkali, yaltiroq kolgotkalar;
- maykalar, futbolkalar;
- shortiklar;
- shippaklar, krossovkalar.
3.4. Erkaklarga tavsiya etiladi:
- ko’ylaklar, jiletlar, klassik uslubdagi sviterlar (qishda);
- klassik shimlar, kostyumlar;
- barcha holatlarla erkaklar uchun galstuk taqish majburiydir.
Quyidagilarga ruxsat berilmaydi:
- sport kiyimi;
- klassik uslubda bo’lmagan ko’ylaklar, sviterlar;
- maykalar, futbolkalar;
- shortiklar;
- sport oyoq kiyimi, shippaklar.
3.5. Tozalik kunlarida jinsi matosidan tikilgan kiyimlar, har kun kiyiladigan trikotaj kiyimlar kiyishga ruxsat beriladi.
SAMARQAND VILOYAT QO’SHRABOT TUMAN AKM TUZILMALARI XODIMLARINING ODOB-AXLOQ QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar.
II. Qo’shrabot tuman AKM mutaxassis-xodimlarining xizmatdagi xulq-atvorining asosiy prinsiplari.
III. Manfaatlar to’qnashuvi.
IV. Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik.
I. Umumiy qoidalar
1. Qo’shrabot tuman AKM xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o’rinlarda – Tuman AKMning odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) tizimda faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis-xodimlarni, egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar, ish joyida. kasbiy odob-axloq normalarini umumiy prinsiplarini, tartibini belgilaydi.
2. Tuman AKMning odob-axloq qoidalari huquqbuzarlikni oldini olish. ularni sodir etilishiga sabab bo’luvi shart-sharoitlarini keltirib chiqarmaslik bilan bir qatorda, mutaxassis-xodimlarni yuksak madaniyatini. huquqiy ongini, O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
3.Tuman AKMga ishga kirayotgan har bir shaxs ushbu qoidalar bilan tanishtiriladi va tanishganligini imzo bilan tasdiqlaydi.
4. Tuman AKMda faoliyat yurituvchi barcha mutaxassis-xodimlar ushbu qoida talablariga rioya etishi shart.
5. Tuman AKMning odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish mutaxassis-xodimlarni kasbiy faoliyatini va xulq-atvorini baholashda mezonlardan biri sifatida qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |