Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish



Yüklə 471,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/30
tarix01.04.2023
ölçüsü471,08 Kb.
#92253
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bayonlar-to’plami

BAXT KALITI 
Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti — 
sirini bilib kelish uchun jo’natipti. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuripti va nihoyat, 
ulkan tog’ning tepasida haddan ziyod muhtasham bir qasrni ko’ripti. U qidirgan 
donishmand shu qasrda yashar ekan. 
Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning 
ichi odamga to’la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar
burchak-burchaklarda odamlar to’p-to’p bo’lib gurunglashar, sozandalarning 
kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalning o’rtasida esa kattakon 
stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob va 
tansiq taomlari, bag’oyat xushta'm noz-ne'matlariga to’la edi. 
Donishmand shoshmasdan mehmonlar bilan birma-bir ko’rishib chiqdi. Yigit 
navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi. 
Nihoyat, donishmand yigitning nima maqsadda kelganini bildi, lekin hozir unga 
baxtning kaliti — siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo’q ekanini aytdi. 
Donishmand yigitga chiqib qasrni tomosha qilishni va ikki soatlardan keyin bu 
yerga — zalga qaytib kelishni buyurdi. 
«Sendan yana bir iltimosim bor, — dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog’ solingan 
choy qoshig’ini uzatib. — Bu qoshiqni o’zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo’l, 
ichidagi yog’i to’kilib ketmasin». 
Yigit qoshiqdan ko’zini uzmagan holda qasrni aylandi, uning zinalaridan tepaga 
ko’tarildi, pastga tushdi va, nihoyat, ikki soat o’tgach, Donishmandning 
ro’parasida yana namoyon bo’ldi. 
«Xo’sh, qalay, — deb so’z qotdi donishmand. — Koshonadagi fors gilamfari 
senga manzur bo’ldimi? Benihoya mirishkor bog’bonlar o’n yiidan beri ko’zining 
oq-u qorasidek avaylab parvarish qilayotgan bog’dagi gullar va daraxtlar yoqdi-
mi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va nodir qo’lyozmalar-chi?» 


36 
Xijolatdan qizarib ketgan yigit bularning hech qaysisini ko’rmaganini tan oldi, 
negaki, uning butun diqqat-e'tibori donishmand unga ishonib topshirgan ikki 
tomchi yog’da bo’lgan ekan.
«Bor, orqangga qayt, mening uyimdagi hamma mo’jizalarni ko’rib kel, — depti 
donishmand. — Odam qayer-da va qanday yashashini bilmay turib, unga ishonib 
bo’lmaydi». 
Qo’lida qoshiqcha bilan yigit yana zallar va yo’laklar bo’ylab aylana boshlapti. Bu 
gal u o’zini ancha erkin his qilib-di va xonalarni bezab turgan hamma noyob va 
g’aroyib narsalarni ko’ripti. U bog’lami va qasr tevaragidagi tog’larni tomosha 
qilibdi, gullar jozibasidan va mohirlik bilan joylashtirilgan haykallar-u rasmlardan 
bahra olipti. donishmandning huzuriga qaytib kelib, ko’rgan narsalarining ham-
masini birma-bir sanab beribdi. 
«Men senga qoshiqchada olib borib, to’kmay qaytarib olib kel, deb bergan yog’ 
qani?» — deb so’rabdi donishmand. 
Shu choq yigit qarasa-ki, yog’ to’kilib ketgan ekan. 
«Senga berishim mumkin bo’lgan birdan-bir maslahatim ham shu, — depti donolar 
donosi. — Baxtning kaliti — siri ana shunda: bu dunyoni bezab turgan, unga 
joziba, ajiblik ato etib turgan nimaiki bo’lsa, hammasini ko’ra bilmoq kerak va 
ayni choqda o’sha choy qoshiqdagi ikki tomchi yog’ni ham zinhor-bazinhor 
unutmaslik zarur». (403ta so’z) 
 
 
 
 
 

Yüklə 471,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin