27
Amir Temurni yaqindan bilgan arab faylasufi Ibn Xaldun jahongirning turk,
arab, fors xalqlarining tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy
bilimlarni mukammal
o‘zlashtirganini ta’kidlaydi.
Amir Temurning hayoti va faoliyatini ikki davrga bo‘lish mumkin:
birinchi davr (1360 - 1385) -Movarounnahrning mug‘ul istilosidan ozod
qilinib, yagona markazlashgan davlat tuzilishi, o‘zaro urushlar barham topishi;
ikkincni davr (1386 – 1405) esa boshqa mamlakatlarga ikki yillik, uch yillik,
to‘rt yillik deb ataluvchi yurishlardan iborat.
Atoqli nemis olimi M. Beberning yozishicha, “Amir Temur o‘z
dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va
qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi”.
Amir Temur ilm–fan, ma’naviyat ahliga alohida e’tibor, mehribonlik
ko‘rsatgan.
U davlat, jamiyat oldida turgan har bir muhim masala yuzasidan
kengash chaqirar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar,
temuriyzodalarni, balki sayyidlar,
shayxlar, ilm - fan arboblarini ham taklif etar
edi.
Sohibqiron bu haqda o‘z qo‘li bilan bitgan, muhim tarixiy manba sanalgan
“Tuzuklari”da bayon etgan.
Mustaqillik davrida tarixni xolisona o‘rganish, buyuk ajdodlar ruhini yod
etish yaxshi an’anaga aylandi. Xususan, Amir Temur nomini tiklash borasida
katta
ishlar qilindi. 1996- yilning Vatanimizda Amir Temur yili deb e’lon qilingani,
Amir Temur ordeni ta’sis etilgani fikrimizning yorqin dalilidir.
(214ta so’z)
QALB GO`ZALLIGI -
INSON ZIYNATI
Odamzod hamisha go`zallika intilib yashaydi. Afsuski, bunda tashqi ko`rk-
tarovat, husn- malohatning hamisha qo`li ustun. Ma`naviy pokdomonlik, qalb
go`zalligi ko`pincha e`tibordan chetda qolib, o`z bahosini topavermaydi. Vaqt
o`tishi bilan yuz- ko`zdagi o`t- olov o`rnini son- sanoqsiz ajinlar egallaydi, adl
qomat esa kamondan to`n kiyadi.
Botiniy malohat esa aksincha. Xuddi sharshara
ostidagi gavharmijos yillar
davomida sayqallashadi, yangi- yangi qirralari ochiladi, tobora tiniqlasib, ruhiy
kamolot sari ko`tariladi.
Biroq, inson inson-da, o`tkincha dunyoga aldangani yetmaganiday, ko`zga tez
tashlanuvchi ”yulduz”larga umid bog`laydi va tong
yorishib quyosh borliq uzra
zamin nurlarini sochgandagina qalbida son- sanoqsiz armonlar ila adashganini
anglab yetadi. Kunning haqligini, kunduzi barcha barobarligini tusunaveradi. Bor
hikmat shundaki, uning qudratini tundayoq his etmoqqa qodir tafakkur kerak.
Insoniyat yaralganidan buyon davom etib kelayotgan surunkali ofatlardan biri
bu komil inson qadr-qimmatini vaqtida baholay olmaslik, qadriga yetmaslik, iliq
nafasiga quloq tutmay, g`animat damlarni g`aflatda, razolat va jaholat iskanchasida
o`tkazmoqlikdir. Biroq, bu ham hayotning oxiri emas. Hamma balo poklikni inkor
28
etish bilan nopoklar yo`liga poyandoz to’shalishidadir.
Goho hayratdan yoqa
ushlaysan: nahotki, ezgulikning peshonasi bu qadar sho`r bo`lsa, oqillikning puch
yong`oqchalik qadri sezilmasa, yaxshiliar jazo topsa, yomonlar sarbaland yursa?
Yo`q, bunchalik emas. Axir, inson uchun dil farog`atidan ortiq ne`mat bormi?
Nega gunohlarimizdan pushaymon bo`lish, istig`for aytish , tavba- tazarru qilish,
oxiratni o`ylash o`rniga oxirgi nafasga qadar moddiy boylik, mol- dunyo uchun
o`zimizni o`tdan cho`qqa uramiz, dil oynasini xiralashtiramiz.
Hol buki, bu
dunyoda chinakam qayg`urishga arziydigan bitta yo`qotish bor, u ham bo`lsa
imondan ayrilmoqdir.(177)
Dostları ilə paylaş: