23
Donishmand:
-Hech qayerda hech kimga birorta so`z so`zlamang, sukut eting ,-deb javob
berdi.
Shunda shogirdlari:
-Axir,doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo`l
ko`rsating!-dedilar.
Donishmand maslahat berdi:
-Sukut eta olmasangiz, so`zlang , lekin qisqa va ma`noli so`zlang ,
og`zingizdan sira nojo`ya so`z chiqmasin. Yomon so`z tinglovchining so`zini xira
qiladi, bundan saqlaning.
Bayt:
Yaxshi so`zdan ko`rasan mehr-u vafo,
Nomunosib so`zlasang, yetkay jafo.
Ha, til bo`lsa ham, bo`lmasa ham - boshga balo.
Shuning uchun
donishmandlar so`zni doriga o`xshatadilar. ”Ortiqchasi zarar keltiradi,”- deydilar.
Bu fikrni ulug` bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o`zining ”Qutadg`u bilig” nomli
ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan:
Tilingni avayla – omondir boshing,
So`ziningni avayla – uzayar yoshining.
Kishi so`z tufayli bo`ladi malik,
Ortiq so`z qiladi va boshni egik.
Bu fikrlar bundan o`n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda yana
qanchadan- qancha
durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning SO`Zga
bo`lgan munosabati hamon turligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri
Tolib Yo`ldosh shunday izohlaydi:
Bir so`z bilan har kishi
O`zligini ko`rsatar,
So`z gavharin ko`pincha
Dono olar, ko`r sotar.
Afsuski, o`zlarining bo`lar- bo`lmas gaplari,
mahmadonaliklar bilan
kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhim, ularning sog`lig`ini,
qimmatli
vaqtlarini og`irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq
maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalrga ko`cha-ko`yda ham, oshxona va
majlislarda ham, bazm –u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz.
Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan
itga o`xshatadi va davom etib yozadi: “O`z gapirmoq hikmatga sabab. Og`ziga
kelganni demoq- nodonning ishi va oldiha kelganni yemoq- hayvonning ishi “
Bayt:
Ko`p demak birla bo`lmagil nodon,
Ko`p yemak birla bo’lmagil hayvon.
Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so`zlarnigina aytishi, tiliga
ortiqcha erk bermasligi lozim. (181)
Dostları ilə paylaş: