21
Mirtemirning she’riyati adirlar, qirlar, uvalar, dalalar, bog’larning
manzaralari bilan to’liq bir she’riyat. Chunki uning tug’ilgan joyi Turkistondagi
Qoratog’ etaklari-ko’klam toshqinlaridangina lablarini ho’llab
olguvchi soylar,
qizg’ish qirlar va cheksiz sayxonlar, onda-sonda bir uchraydigan muzbuloqlar
toshqinlaridan paydo bo’lgan ko’llar yurti... Mirtemir
tabiati mana shunchalar
rangdor yurtda 1910-yilning yoz oylarida dunyoga keldi.
Mirtemirni olam va borliq – tabiat kitobini o’qishga onasi o’rgatdi. Uning
go’dak hislarini oliyjanob bir izga soldi. Yuragiga go’zallikdan bahra olish
tuyg’usini quydi. So’zning ta’mi, totidan zavq ola bilishdek noyob bir san’atga
qalbida muhabbat va qiziqish uyg’otdi. Mirtemirning onasi so’zga g’oyat chechan,
zukko, kayvoni onalardan edi. U kishi hamma so’zlarga maqol bilan rang va ma’no
berib so’zlar ekanlar. She’riyat cho’g’ini o’g’il yuragiga
solgan mehribon ona
siymosi shoirning butun ijodida ezgulikning porloq bir ramzidek gavdalanib turadi.
”...Hovlimizda bir tup jiyda bo’lardi- quchoq yetmas, nuqra yaproq,
bobomning bobosini ko’rgan non jiyda ... Onamning hamisha shu jiyda tagida bir
nima tikib yoki yamab, un qorib yoki xamir kesib o’tirgani hamon ko’z o’ngimda.
Agar men biror sho’xlik qilsam,
shu jiyda tagida turib, qo’lini yanar edi. Agar
biror xush yumush qilsam, shu jiyda tagida olqish olar edim.
Ayniqsa, gullaganda, yopiray, buning hidi... hech gulda bunaqangi hid
bo’lmas, pishganda-chi!? Hovli yuzi yaltiroq yoqut donlarga to’lib ketar edi.
Ta’mi-chi? Nonday to’q. Shirin, shifoli. Onam xalta-xalta
qoqilar olar edi yoz
bo’yi.
Men hovlimga bordim, bolaligimda ko’rganimdan yolg’iz shu uyda qolibdi-
tarvaqay, g’adir. Chiyroq qadimgidek. Men jiyda yoniga kelib tiz cho’kdim va
g’odir po’stloqlariga peshonamni qo’yib pichirlardim: ”Onajon...”
Dostları ilə paylaş: