13
Ulug‘bek madrasasi 1471 - yilda barpo etilgan. Bu bino Ulug‘bek
qurdirgan madrasalarning eng kattasi va eng hashamatlisi edi. Uning monumental
peshtoqlari yongumbazlari va minoralari hozir ham kishini hayratga soladi. Bu
madrasa o‘z davrida ilm-fanning yirik markazi bo‘lgan. Madrasada yirik olimlar,
jumladan, Ulug‘bekning o‘zi ham dars bergan.
Sherdor madrasasi 1619 – 1636 - yillarda Samarqand hukmdori Yalanto‘sh
Bahodirning topshirig‘i bilan qurilgan. Bahaybat peshtoq tepasida sher va ohular
rasmi solingani uchun Sherdor madrasasi deb atalgan.
Tillakori madrasasi 1647-1660 - yillarda qurilgan. U zarhal naqshlar bilan
ishlangani uchun shunday nom olgan. Mazkur bino qurilishi bilan Registon
maydonidagi ajoyib ansambl mukammal shakl olgan.
Hozirda bu yerga minglab sayyohlar tashrif buyurishadi. Istiqlol davrida
madrasalar qayta ta’mirlandi. Endilikda u yerda ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Sharq taronasi” xalqaro musiqa tanlovi fikrimizning dalilidir. (146ta so’z)
Dostları ilə paylaş: