BA’ZAN TIRNOQLAR BEZAGI UCHUN Sahardan shomgacha qilursiz toqat,
Ammo eringizni kutgali nechun
Topilmas tirnoqcha sabr-u qanoat. (A.Oripov)
Mazkur she’rda maqsad ma’nosini ifodalovchi –gani qo`shimchasi –gali tarzida qo`llangan.
Eski o`zbek tilida chiqish kelishigi –din ba’zan hozirgi o`zbek adabiy tilidagi –dan o`rnida qo`llaniladi: Sendin o`zgani desam.
So`roq ma’nosini ifodalash uchun –mi yuklamasi ba’zan –mu tarzida, ya’ni qadimgi shaklda qo`llanadi. Masalan,
Demak, bu tamoyilga ko`ra so`zlar talaffuzidagi hozirgi holatiga qarab emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan shaklini saqlagan holda yoziladi.
Differensiya tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra, shakli yoki talaffuzi bir xil bo`lgan so`zlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida (yoki ba’zan ma’noga ko`ra) farqlanadi. Masalan,
1. Urg`u vositasida farqlash: atlas-mato, material. Atlas-geografik atlas. Akademik-ot, akademik-sifat (masalan, akademik yil).
2. Unlining cho`ziq-qisqaligi orqali farqlash (bundan so`zlarda unlining cho`ziqligini tutuq belgisi ta’minlaydi, demak bunday so`zlarning shakli va ma’nosi tutuq belgisiga ko`ra farqlanadi): da’vo-davo, a’yon-ayon, a’lam-alam kabi.
3. Boshqa-boshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida so`z ma’nosini farqlash: xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol, holat).
4. Kirill yozuvida so`z ma’nolarini yumshatish () belgisini qo`llash va qo`llamaslik vositasida farqlash holati mavjud: kontrol – ot, kontrol (ish) – sifat, gorizontal – ot, gorizontal (yo`nalish) – sifat kabi.
Grafik tamoyil. Bu tamoyil asosidagi imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi shakli o`rtasidagi munosabatlarni ifodalashga asoslanadi. Masalan, sirg`aluvchi j tovushi bilan qorishiq portlovchi j tovushlari yozuvda bitta shakl – harf bilan berilishi (jo`ja-gijda kabi), sayoz til orqa –ng tovushini ifodalovchi harflar birikmasi ng va n va g tovushlarini ifodalovchi n va g harflari yonma-yon kelganda ham n va g talaffuz etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan: ko`ngil, singil, senga, ingliz kabi.
Morfologik tamoyil o`zbek orfografiyasining etakchi tamoyili bo`lib, imloga doir ko`pgina qoidalar ana shu tamoyilga asoslanadi.