Samdu urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi 1-kurs Bank ishi va audit yo‘nalishi talabalariga I semestr uchun «O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi» fanidan yakuniy nazorat savollari



Yüklə 238,99 Kb.
səhifə8/33
tarix13.02.2023
ölçüsü238,99 Kb.
#84184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
O\'zbek tili Bank ishi

Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko`ra so`zlarning tarkibiy qismlari: o`zak-negiz va qo`shimchalari og`zaki nutqda qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, ya’ni og`zaki talaffuz shakliga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi. Bu tamoyil so`z o`zagini, unga qo`shiladigan qo`shimchalarni muayyan bir sistema asosida aks ettiradi, tildagi variantlilikka, har xillikka barham beradi. Bu tamoyilga ko`ra variantlardan biri tanlanib, yozuvda tanlangan variant asos qilib olinadi. O`zbek orfografiyasining asosiy imlo qoidalari, ya’ni ayrim unli harflar imlosi, ayrim undosh harflar imlosi hamda asos va qo`shimchalar imlosi shu tamoyilga tayanadi. Masalan, 1) uzum, uzuk, tugun, turmush kabi so`zlarning oldingi bo`g`inida u kelsa, keyingi bo`g`inida u unlisi i tarzida aytilsa ham, u yoziladi. 2) jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar (b, d, v, g, j, j, z) so`z oxirida jarangsiz (p, t, f, k, ch, sh, s) tarzida talaffuz qilinsa ham, asliga muvofiq yoziladi: maktab, ozod, avf. 3) shanba, sunbul, manba, vatanparvar kabi so`zlar o`rtasida kelgan n undoshi o`zidan keyin kelgan b, n, m undoshlari bilan yonma-yon kelganda, og`zaki talaffuzda shamba, sumbul, mamba kabi m tarzida aytilsa ham, n shaklida yoziladi. 4) do`st, go`sht, to`rt, Toshkent kabi so`zlarda so`z oxirida yonma-yon kelgan undoshlarning oxirgisi talaffuz qilinmaydi, ammo yozuvda saqlanadi. 5) pastqam so`zi o`rtasida ketma-ket kelgan ikki undoshning (st) keyingisi talaffuz qilinmaydi, lekin yozuvda saqlanadi. 6) –lar ko`plik qo`shimchasi so`z oxirida kelganda, og`zaki nutqda –la tarzida aytilsa ham, yozuvda lar shaklida yoziladi. 7) uch, to`rt sonlariga –ta, -ala qo`shimchalari qo`shilganda, ushta, uchchala, to`rttala tarzida aytiladi, lekin yozuv uchun tanlangan varianti yoziladi: uchta, uchala, to`rtala kabi.
Shuningdek, qo`shimchalarning asosiy qismi morfologik tamoyil asosida yoziladi, ya’ni kelishik qo`shimchalari og`zaki nutqda maktabta, ishtan tarzida aytilsa ham, maktabda, ishdan; fe’llardagi –di shaxs-son hamda yaqin o`tgan zamon qo`shimchasi –ti tarzida (aytipti, aytti) aytilsa ham, aytibdi, aytdi kabi yoziladi.
Morfologik tamoyil o`zbek orfografiyasining asosiy va etakchi tamoyili sanaladi va yozuvda bir xillikni ta’minlaydi.
Demak, morfologik tamoyilga ko`ra so`zning tovush tarkibi og`zaki nutqda qanday aytilishidan qat’i nazar o`zining morfologik shaklini o`zgartirmagan holda yoziladi.

Yüklə 238,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin