Samdu urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi 1-kurs Bank ishi va audit yo‘nalishi talabalariga I semestr uchun «O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi» fanidan yakuniy nazorat savollari



Yüklə 238,99 Kb.
səhifə6/33
tarix13.02.2023
ölçüsü238,99 Kb.
#84184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
O\'zbek tili Bank ishi

Reja:


1.Orfografiya va uning asosiy tamoyillari:
1) Fonetik tamoyil
2) Morfologik tamoyil
3) Shakliy-ananaviy tamoyil
4) Differentsiatsiya tamoyili.
Tayanch tushunchalar:
Orfografiya – adabiy tilning to’g’ri yozish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim.
Fonetik tamoyil – talaffuzni yozuvda aks ettiradigan tamoyil.
Morfologik tamoyil – talaffuzni emas, balki so’z va qo’shimchalarni asliga mos holda yozadigan tamoyil.
Shakliy-ananaviy tamoyil – o’zlashgan so’zlarning shakli yozuvda saqlanadigan tamoyil.
Differentsiatsiya tamoyili – shakli va talaffuzi bir xil bo’lgan so’zlarning yozuvda turli shartli belgilar vositasida farqlanadigan tamoyil.  
Jamiyatning har bir a’zosidan to`g`ri so`zlay olish va savodli yoza bilish talab etiladi. O`quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa ham shu talab asosida kelib chiqadi. Adabiy tilning ikki shakli bo`lib, ulardan biri yozma nutqdir. Bu nutq orfografiya qonun-qoidalariga asoslanadi. Demak, orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos bo`lib, u tildagi o`zak-negiz va qo`shimchalarni agona tarzda to`g`ri yozish haqidagi qoidalar yig`indisidir. Kirill grafikasi asosidagi imlo qoidalari 1956 yilda tasdiqlangan. Bu imlo qoidalari quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi: 1. Ayrim harflar imlosi; 2. O`zak-negiz va qo`shimchalar imlosi; 3. Qo`shma so`z va so`z birikmalari imlosi; 4. Bo`g`in ko`chirilishi; 5. Bosh harflarning yozilishi.
1995 yil 24 avgustda lotin grafikasi asosidagi o`zbek yozuvining imlosiga doir qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo`limlardan tuzilgan:
1. Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi.
2. Asos va qo`shimchalar imlosi.
3. Qo`shib yozish.
4. Ajratib yozish.
5. CHiziqcha bilan yozish.
6. Bosh harflar bilan yozish.
7. Ko`chirish qoidalari.
Ikki xil grafikaga asoslangan imlo qoidalari ayrim o`rinlari bilan farqlanadi.
1.Orfografiya grekcha orphos («to`g`ri») va grapho («yozaman») so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, «to`g`ri yozaman» degan ma’noni bildiradi.
Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an’anaviy va differentsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik tamoyillar o`zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir.

Yüklə 238,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin