Samdu urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi 1-kurs Bank ishi va audit yo‘nalishi talabalariga I semestr uchun «O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi» fanidan yakuniy nazorat savollari


-modda. Qarzdorlarni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish



Yüklə 238,99 Kb.
səhifə31/33
tarix13.02.2023
ölçüsü238,99 Kb.
#84184
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
O\'zbek tili Bank ishi

35-modda. Qarzdorlarni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Bankdan olgan kreditlarini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni bank to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so‘rab, iqtisodiy sudda da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega.
(35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
IV. BANKLARGA VASIYLIK QILISh
36-modda. Vasiylikni tayinlash
Bankning muvaqqat ma’muriyatini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank vasiy tayinlaydi va vasiylik qilish haqida farmoyish chiqaradi. Farmoyish matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Bankning oldindan vasiydan rozilik olmay qilgan harakatlari haqiqiy emas.
37-modda. Vasiyning vakolatlari
Vasiy bankning mansabdor shaxslari va uning aksiyadorlari vakolatlariga, shuningdek bank ahvolini normallashtirish uchun zarur choralar ko‘rish, jumladan qonun hujjatlariga muvofiq filiallarni yopish, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi.
Vasiy istalgan paytda fuqarolarning depozitlari va investitsiyalari bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga qisman yoki to‘la to‘xtatib qo‘yilganligini e’lon qilishi mumkin, bunda depozitlar va investitsiyalarning taxminiy qiymatini saqlab qoladigan choralar ko‘rilishi shart.
Basharti, vasiylik vaqtida yoki vasiylik davrining oxirida bankni sog‘lomlashtirishning iloji yo‘qligi Markaziy bank tomonidan aniqlansa, u litsenziyani chaqirib oladi va belgilangan tartibda bankni tugatadi.
V. BANK MIJOZLARINING MANFAATLARINI HIMOYA QILISh
38-modda. Bank siri
Banklar o‘z mijozlari va vakillarining operatsiyalari, hisobvaraqlari hamda jamg‘armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi. Bankning barcha xizmatchilari bank, uning mijozlari va vakillarining bank operatsiyalari, hisobvaraqlari va jamg‘armalariga doir ma’lumotlarni sir saqlashlari shart.
Yuridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari hamda hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar ana shu tashkilotlarning o‘ziga, prokuror, sudlarga, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa surishtiruv va tergov organlariga beriladi.
Jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotnomalar mijozlarning o‘ziga va ularning qonuniy vakillariga; mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarida turgan pul mablag‘lari hamda boshqa qimmatbaho narsalar xatlanishi, ularga undiruv qaratilishi yoki mol-mulk musodara etilishi mumkin bo‘lgan hollarda yuritilayotgan ishlar bo‘yicha sudlar, surishtiruv va tergov organlariga beriladi.
Hisobvaraqlar va omonatning egalari vafot etganda ushbu hisobvaraqlar hamda omonatga doir ma’lumotnomalar mazkur hisobvaraq yoki omonat egasi bankka topshirgan vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxslarga, vafot etgan omonatchilarning jamg‘armalariga doir meros ishlarini yuritayotgan davlat notarial idoralariga, chet el fuqarolarining hisobvaraqlariga doir ma’lumotnomalar esa — chet el konsullik muassasalariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
(38-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Xizmat burchi yuzasidan bank axborotidan xabardor bo‘lgan shaxslar xizmat sirini oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalarning operatsiyalari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ular soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘layotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining so‘roviga binoan taqdim etadi.
(38-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida taqdim etadi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishini o‘rganish uchun bank hisobvaraqlari bo‘yicha davlat pul mablag‘larining harakatlanishi bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni va axborotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining so‘roviga binoan taqdim etadi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

Yüklə 238,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin