Samdu urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi 1-kurs Bank ishi va audit yo‘nalishi talabalariga I semestr uchun «O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi» fanidan yakuniy nazorat savollari


-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar



Yüklə 238,99 Kb.
səhifə30/33
tarix13.02.2023
ölçüsü238,99 Kb.
#84184
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
O\'zbek tili Bank ishi

30-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar hujjatlarni Markaziy bank belgilagan tartibda va muddatda o‘z idoraviy arxivlarida saqlashlari shart.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
31-modda. Banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Banklar mijozlarga hisobvaraqlar ochishning Markaziy bank belgilagan tartibiga rioya qilishlari shart.
Bankning barcha xizmatlari bank aksiyadorlari va boshqa mijozlarga teng shartlar asosida ko‘rsatiladi.
32-modda. Banklararo operatsiyalar
Banklar shartnoma asosida mablag‘larni depozitlar, kreditlar shaklida bir-birlaridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni bajarishi mumkin.
33-modda. Banklarning hisob-kitob qilish tartibi
Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank belgilaydigan tartibda amalga oshiradilar. Ko‘rsatilgan tartibni buzganlik uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.
34-modda. Kreditlar qaytarilishini ta’minlash
Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘char va ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish, kafolat berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar.
Banklar ta’minlanmagan kredit (e’timodli kredit) berish haqida qaror qabul qilishlari mumkin.

Yüklə 238,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin