Sana “ ” 201 yil



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə33/85
tarix20.09.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#145457
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
10 sinf kimyo dars ishlanma

Yangi dars bayoni:
Molekulasida atomlarning o‘ziga xos bog‘lanishli siklik guruhi benzol yadrosi mavjud bo‘lgan birikmalarga aromatik birikmalar deyiladi.Aromatik uglevodorodlarning dastlabki vakili benzol (C6H6) molekulasining tuzilishini aks ettiruvchi formulani birinchi bo‘lib nemis kimyogari A.Kekule taklif etgan.
Agar benzol molekulasidagi vodorod atomlari bir nechta radikal bilan almashgan bo‘lsa sistematik nomeklatura bo‘yicha bunday moddalarni nomlash uchun asosiy zanjirdagi uglerod atomlari raqamlanadi yoki orto-, meta- va para ifodalar qisqacha yoziladi.
Fizik xossalari. Benzol – rangsiz, suvda erimaydigan, o‘ziga xos hidli suyuqlik. Qaynash harorati nisbatan past, sovutilganda oson qotib, oq kristall moddaga aylanadi. Aromatik uglevodorodlarning nisbiy molekulyar massasi ortib borgan sari, ularning qaynash harorati ham ortib boradi. Kimyoviy xossalari. Benzol yadrosi ancha mustahkam bo‘lib u odatdagi sharoitda boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Agar ma’lum bir sharoit yaratilsa almashinish reaksiyalariga kirishadi.
1. Katalizator – temir (III) xlorid ishtirokida va temperatura ta’siri ostida benzol galogenlar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi.
Yon zanjirdagi alkil radikallari elektron zichlikni benzol tomon siljitishi tufayli, halqadagi elektron bulutlarning bir tekis taqsimlanishi buziladi va 2,4,6-holatdagi uglerod atomlarida elektron zichliklari ortadi, bu o’z navbatida ular bilan bog’langan vodorod atomlarini qo’zg’aluvchan bo’lib qolishiga olib
keladi, shu sababli ular almashinishga moyil bo’lib qoladi

IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin