Sana: “ ” 201 yil



Yüklə 15,18 Mb.
səhifə36/59
tarix30.09.2023
ölçüsü15,18 Mb.
#151312
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Tarix 6-sinf bo\'sh 34 soat to\'garak

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mavzuga oid bilim, ko‘nikma , malakalarini rivojlantirish, o‘z
Vatanimiz tarixini bilishi va boshqa mamlakatlar xalqlarining tarixi va madaniyatini hurmat bilan qarashi, berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, guruhlarda ishlash, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: ”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tqazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
Filipp II o‘limidan so‘ng uning 20 yoshga to‘lgan o‘g‘li Aleksandr Makedoniya podshosi bo‘ladi.
Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. O‘rta Osiyo jangchilari jangga sovut kiyib kirgan, boshlarida dubulg‘a bo‘lgan. Xanjar (akinak) va qilichlar, jangovar oybolta (sagaris) va nayzalar bilan qurollangan. Olisdan turib jang qilish vositasi sifatida kamondan foydalangan. Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab bergan. Otliqlar hujum qila turib, dushmanga o‘q va nayzalarni yog‘dirgan.

Yüklə 15,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin