Sana: “ ” 201 yil



Yüklə 15,18 Mb.
səhifə59/59
tarix30.09.2023
ölçüsü15,18 Mb.
#151312
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Tarix 6-sinf bo\'sh 34 soat to\'garak

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mavzuga oid bilim, ko‘nikma , malakalarini rivojlantirish, o‘z
Vatanimiz tarixini bilishi va boshqa mamlakatlar xalqlarining tarixi va madaniyatini hurmat bilan qarashi, berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, guruhlarda ishlash, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: ”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tqazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
R im imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar va teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumf arkalarva ko‘p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o‘rab turardi. Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan imoratlari rang-barangligi va muhtashamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrdaRim eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan. O‘sha kezlarda hatto shunday bir maqol to‘qilgan: “Barcha yo‘llar Rimga boradi”. O‘rmonlar, tog‘lar va bot qoqlar orqali yo‘llar o‘tkazilgan. Rimda suv o‘tkazish tizimlari – suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo‘lib, tog‘dagi buloqlardan suvning o‘zi oqib kelar edi. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o‘tkazish uchun akveduklar – anhorlarning yuqori qismidan o‘tkazilgan ko‘priklar qurilgan. Ulkan ko‘priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo‘lmish betonni ixtiro qilishgan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Rim me’morchiligining xususiyatlarini ayting.
2. Rim tarixi namoyandalari nomini ayting.
V. Mashg‘ulotni yakunlash: to‘garak a’zolarini yutuq va kamchilliklarini muxokama qilish, rag‘batlantirish.
VI. Uyga vazifani e’lon qilish: yangi mavzuni to‘liq takrorlash va yangi mavzu yuzasidan bilimlarini mustaxkamlab kelish.
Maktab MMIBDO‘________ _______________________sana____ ______________ 20__ yil


Yüklə 15,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin