Sana: “ ” 201 yil



Yüklə 15,18 Mb.
səhifə54/59
tarix30.09.2023
ölçüsü15,18 Mb.
#151312
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Tarix 6-sinf bo\'sh 34 soat to\'garak

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mavzuga oid bilim, ko‘nikma , malakalarini rivojlantirish, o‘z
Vatanimiz tarixini bilishi va boshqa mamlakatlar xalqlarining tarixi va madaniyatini hurmat bilan qarashi, berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni (urf-odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish;
o‘zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, guruhlarda ishlash, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: ”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tqazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni:
R imliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jangibo‘lgan. Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar bo‘lishgan. Ularga maxsus yopiq maktablarda ta’lim berishar, so‘ngra bir-birlari bilan olishishga, tomoshabinlar ko‘nglini xushlashga majbur qilishar edi. Har bir gladiatorning hayot-mamoti tomoshabinlar xohish-istagiga bog‘liq bo‘lgan. Jang so‘ngida tomo shabinlar yengilgan gladiatorning tirik qolishqol masligini hal qilishardi. Agar tomoshabinlarning ko‘pchiligi o‘ng qo‘lining bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘tarsa, yengilgan gladiator tirik qolgan, aksincha, pastga qaratishsa, u tomoshabinlar ko‘z o‘ngida o‘ldirilgan. Janglar ulkan tosh stadionlar – amfiteatrlarda bo‘lib o‘tardi. 50 ming tomoshabin sig‘adigan Kolizey eng katta amfiteatr bo‘lgan. Ba’zida gladiatorlar katta-katta guruhlarga bo‘linib jang qilishgan, shunda sahna jang maydoniga o‘xshab qolar edi: o‘ldirilgan, yaralangan va jon berayotgan gladiatorlar hamma yoqda ag‘anab yotardi.

Yüklə 15,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin