Sana “ ” 201 yil



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə18/28
tarix11.02.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#83885
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
10-Sinf adabiyot konspekt(kompetensiyali)

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,adabiyot i “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, adabiyot “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, adabiyot tarixi“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
XV asrning ikkinchi yarmi ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nisbiy ko‘tarilishlar yuz beradi. Bu davrda Temuriylar siyosatining o‘ziga xos qirralari yanada ko‘proq namoyon bo‘la boshlaydi. Amir Temur boshlab bergan buyuk rivojlan ish davom ettirildi. Endilikda hoki miyat tepasida Temurning farzandlari, nabiralari hukmronlik qilis hardi.Andijon, Toshkent, Xo‘jand, Sayram, Turkiston, Samar qand, Buxoro, Qarshi, Hisor, Qunduz, Marv shaharlari rivojland i. Ayniqsa, Husayn Boyqaro zamonida Hirot gullab-yashnaydi.Ulug‘bek zamonida Samarqandda ilm-fan nihoyatda yuksaldi, o‘zbek fanining dunyoga yoyilishida bu davr o‘ziga xos o‘rin tutadi. Xususan, aniq fanlar rivoji, ayniqsa, matematika, astronomiyadagi yutuqlar salmoqli bo‘ldi. Birgina Ulug‘bek observatoriyasining yutuqlari natijasida 1018 ta yulduzning holati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, yulduzlarning o‘rnini
belgilashdagi aniqlik hozirgi zamon yutuqlari bilan deyarli uyg‘un keladi. Ulug‘bekning otasi Shohruh mirzo qurdirgan kutubxona salmog‘i va boyligiga ko‘ra ham o‘z zamonasida tengsiz edi.

davr me’morc hiligining go‘zal obidalari sifatida bugun ham xalqimizning faxr-u iftixoriga sabab bo‘lib kelmoqda.Hirotda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning tashabbus va rahbarliklarida ko‘plab binolar, madrasa va xonaqohlar, shifoxona, hammom va karvonsaroylar qurilgani, ariq va kanallar qazilgani, bog‘-rog‘lar barpo qilingani yaxshi ma’lum. Temuriylarning o‘zaro nifoq va kurashlari Shayboniyxonning (1451–1510) tarix maydoniga kirib kelishi va bu maydonda barqaror turib qolishi uchun imkon beradi. Shayboniyxon ko‘chmanchi o‘zbeklarning xoni Abulxayrxonning (1428–1468) nabirasi edi. U 1499-yilda temuriylarga dastlabki zarbalarni bera boshlagan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay ularning o‘rnini deyarli egallab oladi. Shayboniyxonning o‘zi ham katta iqtidor egasi, yirik salohiyatli ijodkor edi.
Bu davrda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ijodi jahon adabiyotining eng porloq namunalari sifatida e’tirof etildi.Badiiy ijodning ikki tilda yaratilishi ham shu davrning muhim xususiyatlaridan edi. Navoiy, Bobur mirzo, Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad mirzo (1451–1494) singari ijodkorlar ikki tilda she’rlar yaratgan. Zullisonaynlik an’anasi ham Navoiy timsolida o‘zining oliy cho‘qqisiga ko‘tarildi. Alisher Navoiy boshchiligidagi adabiy harakat turkiy til mavqeyi uchun qattiq kurash olib bordi va bu borada olamshumul g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.Alisher Navoiy faqat o‘zbek emas, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti, jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub bo‘lgan buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosning soni va hajmigagina emas, balki ular ning
mazmun va yuksak badiiyatiga ko‘ra ham tengsiz adibdir. Navoiyning kichik zamondoshi Zahiriddin Muhammad Bobur buni juda muxtasar tarzda ifodalab bergan: «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi «Xamsa» javobida, yana biri «Mantiq ut-tayr» vaznida «Lison ut-tayr» otliq. To‘rt g‘azaliyot devoni tartib qilibtur: «G‘aroyib us-sig‘ar», «Navodir ush-shabob», «Badoyi ul-vasat», «Favoyid ul-kibar» otliq. Yaxshi ruboiyoti ham bor. Yana «Mezon ul-avzon» otliq aruz bitibtur... Forsiy nazmda «Foniy» taxallus qilibtur. Yana musiqiyda yaxshi nimalar bog‘labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur».Navoiy adabiyotshunos sifatida o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Xususan, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega «Majolis un-nafois» asarida 459 ta shoir, yozuvc hi, ijodkor haqidagi ma’lumotlar jamlangan. ALISHER NAVOIY RUBOIYLARI HAQIDA
Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy «Funun al-balog‘a» asarida (hijriy 840 – milodiy 1436–1437-yillar) o‘z davridagi o‘nta she’riy janrlarga tavsif beradi (qasida, g‘azal, qit’a, ruboiy, masnaviy, tarje’, musammat, mustazod, mutavval, fard). Biz yaxshi bilamizki, Navoiy ijodida – «Xazoyin ulma’on iy»d a she’riy janrlarning 16 ta xili mavjud. Ularning orasida eng barakalilaridan biri ruboiy ekanligini mutaxassisl ar ko‘p marta ta’kidlashgan.«Nazm ul-javohir» («Gavharlar tizmasi») asari, asosan, ta-
savvuf g‘oyalari targ‘ibiga bag‘ishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tus huncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, «Ro’a aboka yuro’uka» («Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi») hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan:Farzand ato qullig‘in chu odat qilg‘ay,Ul odat ila kasbi saodat qilg‘ay,Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay,O‘g‘lidin anga bu ish siroyat1 qilg‘ay.Adib otaga xizmat qilishning sharofatini birinchi ikki misrada ko‘rsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek ko‘rinadi, ammo endi natijada ayirma bor. Har
kim ekkanini o‘radi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta, qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa bo‘ladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili – otasiga yaxshi munosabatda bo‘lgan o‘g‘ilning farzandlaridir.
Demak, ko‘pchilik («el») bir kr bildirar ekan, bu tasodiy bo‘lmaydi. Ular bir kishidan o‘zini olib qochsa, o‘sha odam elning yomoni bo‘ladi. Buning sababi esa o‘sha kishining fe’l-atvoridir («ahvolida idbor nishoni»). Bunday odamning yomonligi faqat o‘zi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni «ulus baloyi joni», ya’ni «elning joniga bitgan balo» sifatida ta’riᷚamoqda. Tugal xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam o‘zining yoki o‘zi mansub bo‘lgan elninggina emas, balki butun «olam elining yomoni»dir. Shoirning «yamon» so‘zini ikki marta qo‘llashi orqali aytmoqchi bo‘lgan kri alohida ta’kidlanyapti.Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning go‘zal-liklari madh etiladi. Adib lirikasida yuksak insonparvarlik, ezgulik g‘oy alari ruboiy orqali ham aks etgan. Navoiyning «Xazoyin ul-ma’oniy» asari, aslida, to‘rtta mustaqil devondan tashkil topgan. Shuning uchun ham u xalq orasida «Chor devon» – «To‘rt devon» nomi bilan mashhur bo‘lgan edi. Navoiy ijodini uzoq yillar davomida jiddiy o‘rgangan taniqli adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov shunday deb yozgan edi: «Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat «Xazoyin ul-ma’oniy»ni, hatto uning tarkibidagi bitta devon – «G‘aroyib us-sig‘ar» yoki «Navodir ush-shabob», yoxud «Favoyid ul-kibar»ni yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulug‘ shoirlarimizdan biri bo‘lib qola berar edi». Bunga qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, agar Navoiy boshqa janrlarda ijod qilmasdan, faqat ruboiylari tufayli ham mana shunday ulkan obro‘ va martabaga ega bo‘laverar edi. «Xazoyin ul-ma’oniy»da Navoiy o‘z zamonasidagi deyarli

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin