Sana “ ” 201 yil


Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o‘lturur



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə15/28
tarix11.02.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#83885
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
10-Sinf adabiyot konspekt(kompetensiyali)

Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur.
Mavlono ko‘p turkona (sodda, ravon) aytur erdi...» – deydi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘li ekanini aytadi. Atoyi devoni qo‘lyozmasining oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» degan qayd Atoyining
shayxlar oilasidan kelib chiqqaniga qo‘shimcha dalolat bo‘ladi. Atoyi g‘azallarida muhabbat bilan bir qatorda boshqa hayotiy mavzular ham kuylangan. Atoyi ijodida Umar Xayyom rubo iylari va Hoz g‘azallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha go‘zalliklari va lazzatlari may timsolida vasf etiladi.Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, og‘zaki nutqqa oid so‘zlar ko‘p. G‘azallarini, asosan, aruzning turli bahrlarida yozgan, ular orasida ramalda yozil-ganlari ko‘proq; vazni yengil, misralari qisqa, so‘zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo‘shiqlar iga aylanib ketgan. Atoyi tajohil ul-orif, laff va nashr kabi o‘ziga xos tasvir vosita va usullaridan ham unumli foydalangan. Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kelmagan. Devonining taxminan XVI asrda ko‘chirilgan, 260 g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi.
G‘AZALLAR
Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.
To magarkim salsabil obina javloni qila,
Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.
Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suda,
Balki suvni pok bo‘lsun deb iligi birla yur.
Emdi bildim rost ermish, balki ko‘rdim ko‘z bila,
Ulki derlar suv qizi goh-goh ko‘zga ko‘runur.


Bularning hammasi yorning chiroyi, go‘zalligi, o‘ziga xosligini ko‘rsatishga qaratilgan.
Navbatdagi bayt ham shu ruhni davom ettiradi. Bu niyatga odam va pari ziddiyatini kеltirish orqali erishiladi. Endi tanosib san’ati ishga solinadi. Bu san’atning mohiyatini matnda o‘zaro mantiqiy aloqador bo‘lgan so‘zlardan foydalanish tashkil etadi. E’tibor bеring: yuz (yanoq) odamda bo‘ladi. Bu yuzning rangi anorga o‘xshash. Dеmak, yorning yuzida bog‘ning alomatlari mavjud. Ammo shoir yorni odamlar toifasidan emas, balki pari dеmoqda. Parining yashaydigan joyi esa Eramda, aniqrog‘i Eram bog‘idadir. Shoir yor go‘zalligini uning yuzidayoq mujassam ekanligini aytish uchun mana shu mantiqiy silsilalardan foydalangan.Qo‘y qissayi Jamshedni jomi ilgingdin, Gar bo‘lsa dame mulkati Jamdur manga, ey do‘st.Oltinchi bandda tazod yo‘qlik va mavjudlikning ramziy tasviri orqali yuzaga chiqarilgan. Yo‘q narsa – «Qissayi Jamshеd», ya’ni ertak va afsonalar olami, mavjudlik esa yorning qo‘li orqali tasavvur etilayotgan «Mulkati Jam», ya’ni mavjud hayotdir.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin