Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi:B1 mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash; B1+ media vositalardan adabiy ta’limga oid zarur axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish. O‘zini - o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi: B1 shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirish; badiiy asarlarda tasvirlangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash va ularga amal qilish; og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. B1+ o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi: