Sana “ ” 201 yil



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə45/103
tarix28.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#104503
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
10 s-d-i-t (1)

Yangi dars bayoni:
Kimyoviy bog‘lanishlarni hosil bo‘lishida turli elektronlarning bulutlari (orbitallar) bir-biri bilan aralashib ketadi va shakli va energiyasi teng bo‘lgan gibridlangan orbitallar hosil bo‘ladi. Bu hodisani gibridlanish deb, yangi hosil bo‘lgan orbitallarni – gibridlangan orbitallar deb ataladi.Gibridlanish haqidagi nazariyani 1931-yilda L.Poling taklif qildi.Organik birikmalarda uglerod atomi 3 xil sp3-, sp2- va sp- gibridlanish holatida bo‘lishi mumkin.sp3- gibridlanish. Metan molekulasining hosil bo‘lishida sp3-gibridlanish sodir bo‘ladi. Bunda uglerod atomi «qozg‘algan» holatga o‘tadi. Metan molekulasining hosil bo‘lishida uglerod bitta s va uchta p- elektronlarining orbitalari gibridlanadi, hamda to‘rtta bir xil gibrid orbitallar hosil bo‘ladi. sp3 gibridlangan orbitallar fazoda bir-birlariga nisbatan 109° 28` ga teng bo‘lgan burchak hosil qilib joylashadi va tetraedrik shaklli molekulalarni hosil qiladi.
sp2-gibridlanish. Etilen molekulasidagi uglerod atomining bitta s- va ikkita p-orbitallari gibridlanib, uchta tenglashgan gibridlangan orbitallar hosil qiladi. Ular bir tekislikda o‘zaro bir-birlariga nisbatan 120° burchak ostida joylashadi. Bunday gibridlanish sp2 - gibridlanish deyiladi . Uglerod atomida bittadan p- orbitallar gibridlanmagan bo‘lib, ular π-bog‘ hosil qilishda qatnashadi.
sp-gibridlanish. Agar gibridlanish bitta s- va bitta p- orbitallar hisobiga sodir bo‘lsa, bunday gibridlanish sp- gibridlanish deyiladi. Bunda hosil bo‘lgan 2 ta gibrid orbital bir-biri bilan 180° burchak ostida joylashadi. Qolgan ikkita p - orbital π-bog‘ hosil qilishda ishtirok etadi. sp gibridlanishga asetilen molekulasining hosil bo‘lishi misol bo‘la oladi. Uchbog‘ tutgan uglerod atomlari va ikkita qo‘shbog‘ tutgan uglerod atomlari sp gibridlangan holatda bo‘ladi.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1.Propin molekulasidagi ikkinchi uglerod atomining gibridlanish turini aniqlang.
2.Etan molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini toping.
3. Pentin-2 molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini aniqlang.
4. Geksen-1 molekulasidagi σ va π bog‘lar sonini hisoblang.
5.Butadiyen-1,3 molekulasidagi π bog‘lar hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar sonini toping.
6. Siklopropan molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini hisoblang.
7. Geksin-3 molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar sonini toping.
8. 2,3-dimetilbuten-2 molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar sonini toping.
9. Siklobutan molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar sonini hisoblang.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin