o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, kimyo “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar 3.Doska, bo‘r, daftar. 4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar. I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. 6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash II. Darsning mazmuni: 7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari. 8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari. 9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi.. III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash: 11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish. Yangi dars bayoni: Molekulasida atomlarning o‘ziga xos bog‘lanishli siklik guruhi benzol yadrosi mavjud bo‘lgan birikmalarga aromatik birikmalar deyiladi.Aromatik uglevodorodlarning dastlabki vakili benzol (C6H6) molekulasining tuzilishini aks ettiruvchi formulani birinchi bo‘lib nemis kimyogari A.Kekule taklif etgan. Agar benzol molekulasidagi vodorod atomlari bir nechta radikal bilan almashgan bo‘lsa sistematik nomeklatura bo‘yicha bunday moddalarni nomlash uchun asosiy zanjirdagi uglerod atomlari raqamlanadi yoki orto-, meta- va para ifodalar qisqacha yoziladi. Fizik xossalari. Benzol – rangsiz, suvda erimaydigan, o‘ziga xos hidli suyuqlik. Qaynash harorati nisbatan past, sovutilganda oson qotib, oq kristall moddaga aylanadi. Aromatik uglevodorodlarning nisbiy molekulyar massasi ortib borgan sari, ularning qaynash harorati ham ortib boradi. Kimyoviy xossalari. Benzol yadrosi ancha mustahkam bo‘lib u odatdagi sharoitda boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Agar ma’lum bir sharoit yaratilsa almashinish reaksiyalariga kirishadi. 1. Katalizator – temir (III) xlorid ishtirokida va temperatura ta’siri ostida benzol galogenlar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi. Yon zanjirdagi alkil radikallari elektron zichlikni benzol tomon siljitishi tufayli, halqadagi elektron bulutlarning bir tekis taqsimlanishi buziladi va 2,4,6-holatdagi uglerod atomlarida elektron zichliklari ortadi, bu o’z navbatida ular bilan bog’langan vodorod atomlarini qo’zg’aluvchan bo’lib qolishiga olib keladi, shu sababli ular almashinishga moyil bo’lib qoladi