Sana: (1 soat)



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix09.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#153186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi

Sana:
Sinf: 8

B

-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu: Fitrat. “O`git”, “Go`zalim, bevafo gulistonim” she`rlari
Darsning maqsadi:
a)ta`limiy:Fitrat she`rlarining badiiy qimmati haqida bkmlar hosil qilish;
b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ona­Vatanga muhabbat,Vatanga xizmat,mehr­muhabbat,vafo,sadoqat
tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;
Dars turi:noan’anaviy;
Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,she’rlar tahlili;
Dars jihozi :Abdurauf Fitrat siymosi,tarqatmalar,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,darslik;


Darsning borishi
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob­daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi yuzasidan savol­javob;
2.”Mirrix yulduziga”she’rini yod ifodali aytish,she’r g’oyasi,badiiyati yuzasidan savol­javob;
Savollar
1.Fitrat qachon qayerda tug`ilgan?
2.Fitratning tahsil yo`nalishini aytib bering
3.Fitratning oilasi haqida gapiring.
4.Fitratning ilk asari qanday nomlanadi?
5.Fitratning ilmiy asarlarini sanab bering
6.Fitratning dramatik asarlarini sanab bering
7.Fitratning yangi maktablar u­n yozgan asarlari qaysi?
8.Fitratning o`zbek tili va adabiyotiga bag`ishlab yozgan asarlarini ayting
9.Fitratning “Mirrix yulduziga” she`rining bosh mavzusi nima haqida?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Abdurauf Fitratning “ O`gut” she’rini ofodali o’qish va she’rni tahlil qilish:
O’gut
Og`ir yigit,sening go`zal mungli ko`zingda
Bu millatning saodatin , baxtin o`qidim.
O`ylashingda , turishingda hamda o`zingda
Bu yurt uchun qutulishning borlig`in ko`rdim
Turma –yugur, tinma­tirish,bukilma­yuksal,
Hurkma­kirish,qo`rqma­yopish,yorilma­qozg`al!
Yel yo`lini tusib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo`y,yirtib tashla, barchasin yo`q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo`rlikdir bu…
Yiqil, yo`qol ,ket!
“O`gut” she`ri “Mirrix yulduziga” she`rining mantiqiy davomi sanaladi.Shoir “O`gut”da o`zi va millati
dardlariga najotni topganday bo`ladi.Bu –najot xalqning og`ir­vazmin, mulohazakor, biroq yoniq
ko`zlari yoniq farzandlari­yigitlaridir!
“O`gut” she`rining sarlavhasi zamirida “pand”, “nasihat”, “maslahat”, ma`nolari emas, balki ko`proq
“chaqiruv”, “da`vat”, “uyg`otish” ma`nolari yotibdi.
II.She’r tahlili yuzasidan darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I. “Go`zalim, bevafo gulistonim”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviy­badiiy tahlil qilish.
Go`zalim,bevafo gulistonim,
Bog`i umrimda toza rayhonim,
G`am­u qayg`ularim hujumindan
Sen eding mehribon,nigahbonim.
Meni behuda tashlading­ketding,
Nega o`ldirmading­da tark etding.
“Go`zalim, bevafo gulistonim” she`ri Fitratning eng go`zal lirik she`rlaridan biri.Shoirning bu she`ri
do`sti Cho`lponning ishqiy mavzudagi she`rlariga hamohangdir.She`r barmoq vaznida yozilgan.She`r
lirik qahramoni uchun suyukli yor faqat ko`ngil quvonchi ,dildorlik ramzi emas.Uning ruhiyatini


tinimsiz qaqshatadigan g`am­u qayg`ulardan panoh, qalbini yupatib taskin beruvchi mehribon ham
u.She`rda tasvirlangan oshiq iztiroblari ,ruhiy holatlari go`zal tashbihlar bilan ifoda etilgan.
II.Sher yuzasidan darslikda berilgan matn ustida ishlash.
III.Test sinovi.
1.”O’gut ”she’rining zamirida qanday ma’no ustunlik qiladi?
A.Pand,nasihat
B.Maslahat,burchni anglash
C.Chaqiruv,da’vat, uyg’otish
D.Murojaat,da’vat
2.”Yigit omon bo’lsa,xavf­u xatar yo’q…” “O’gut ”misralariga ohangdosh bu misralar muallifi kim?
A.G’afur G’ulom
B.Abdulla Oripov
C.Abdulla Qodiriy
D.Cho’lpon
3.”Go’zalim,bevafo gulistonim”she’ri nima haqda
A.Chin muhabbat qissasi
B.Shoirning iztirobli sevgi tarixi
C.Vafodor yor sadoqati
D.Go’zal yor tasviri
4.”Go’zalim,bevfo gulistonim
Bog’i umrimda toza rayhonim”,­misralarida qanday san’at qo’llanilgan?
A.Jonlantirish
B.Qarshilantirish
C.Tashbih
D.Tazod
5.Fitrat Millatni uyg’otish va ongini yuksaltirishning muhim yo’nalishi deb biladi?
A.Matbuot,adabiyot va san’at
B.Ma’rifat va m’naviyat
C.Tarix va kelajak
D.O’zlikni anglash
Javoblar:1.C
2. A
3. B
4. C
5.A
Uygavazifa:She’rlardan birini yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin