Sana: 26- yanvar Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiyJami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi. II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Quyida berilgan rasmlar asosida bugungi kun yoshlari jamiyatning faol a’zosi ekanligini izohlang. 2. Ajdodlardan qolgan ma’naviy meros qachon hayotimizning mazmun-mohiyatiga aylanadi? 3. «Dunyoni bilimli yoshlar egallaydi!» deganda, Siz nimani tushunasiz? Fikringizni asoslang. Vatan – inson eng ko‘p o‘ylaydigan, so‘zlaydigan, kuylaydigan mavzu. Eng yuksak jasoratlar sababi – Vatan. Ajdodlarimiz Vatan deb jondan kechganlar. Ularning jasorati doim qalbimizda. Yurtimizda ular abadiy xotirlanadi,qadrlanadi. Hozirda ham bunday insonlar ko‘plab topiladi. Inson tug‘ilgach, asta-sekinlik bilan ulg‘ayadi, o‘zini o‘zga o‘lkalarda emas, faqat kindik qoni tomgan o‘z Vatanida kerakligini, uning bir bo‘lagi ekanligini his qilib boradi. Vatanini o‘z onasidek yaxshi ko‘radi, qadrlaydi. Vatan so‘ziga Ona so‘zining qo‘shilishi ham balki shundandir?! Yoshlik insonning porloq kelajagi uchun tinimsiz harakat qiladigan, o‘z ifori va chiroyini yo‘qotmagan bahor fasli kabidir. Bu davrda har bir berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, o‘zining salohiyatini oshirib borgan, jamiyatda munosib o‘rin egallashga kirishgan yoshlarning kelajagi ham go‘zal va yaxshi bo‘ladi. Agar yoshlar o‘z muvaffaqiyatlari bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan tengdoshlaridan ibrat olsalar, jamiyat taraqqiyoti uchun o‘zlarining ham mas’ulligini anglab yetadilar. Yoshlarning kelajagi butun bir millatning shirin tashvishidir. Yüklə 454,51 Kb. Dostları ilə paylaş: |