Sana: 26- yanvar Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 454,51 Kb.
səhifə6/11
tarix01.09.2023
ölçüsü454,51 Kb.
#141245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Shavkat MIRZIYOYEV
Eng katta boylik
Xalqimizning moddiy va ma’naviy boyliklari juda ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz – bu jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikdir. Millatlarning o’zaro totuvligi va hamjihatligi do‘stlikka asoslanadi.
Dunyodagi barcha yaxshilik va yangilanish, bunyodkorliklar, avvalo, insonlar, turli millat vakillari o‘rtasidagi samimiy, do‘stona munosabatlar samarasi o‘laroq amalga oshiriladi. Negaki, do‘stlik – totuvlik va hamjihatlik singari ijobiy xislatlarga tayangan holda o‘zaro ishonch va mehr-oqibatni yuzaga keltiradi.
Shu ma’noda, diyorimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarida yagona Vatan tuyg‘usini mustahkamlash, ularning manfaatlarni uyg‘unlashtirish va yagona maqsad sari yo‘naltirish milliy hamjihatlikni ta’minlashning asosiy omili hamda ma’naviyat bezagi hisoblanadi.
Bilasizmi?
Bugun yurtimizda 138 ta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular turli millat va elatlarga mansub fuqarolarning ezgu qadriyatlarini asrab-avaylash, urfodat va an’analari bardavomligini ta’minlash, yosh avlodni millatlararo bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda 36 ta do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda. Jamiyatlar O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, chet elda mamlakatimiz ijobiy imijini targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli faoliyat olib bormoqda.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Totuvlik va tinchlik tushunchalarini mohiyatan bir-biri bilan bog‘liq, deyish mumkinmi?
2. Quyidagi suratda aks etgan tinchlik uchun asos bo‘ladigan poydevorni nomlang.
3. Tinchlikni ta’minlab turadigan ustunlarga nom bering.
4. Demak, agar poydevor mustahkam bo‘lmasa... . Fikrni davom ettiring.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi.Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.

Yüklə 454,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin