Darsning turi: Ma’ruza
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliyhujum,savol-javob,bahs-munozara.
Darsning jihozi: Darslik, AKT ( kompyuter xotirasidagi 8- sinflar uchun elektron darslik)
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish. b)Davomatni aniqlash. c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi. 1. Operatsion sistemalarning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan talablar haqida ma`lumot bering.
2. Windows operatsion sistemasining yaratilish tarixi haqida ma’lumot bering.
3. Windowsni grafik muhit sifatida tan olinishi haqida gapirib bering.
4. Windows dasturining rivojlanib borishi haqida gapirib bering
5. Windows sistemasining afzalliklari haqida nima deya olasiz?
III.Yangi mavzu bayoni : Yangi mavzuni bayon etishdan avval xonadagi barcha kompyuterlar ishga tushiriladi. O`quvchilarning hammasini kompyuterlar oldiga o`tirish taklif qilinadi. Keyin kompyuter ishchi stolida mavjud bo`lgan “Mening kompyuterim” («Мой компьютер») sistema katalogi ustiga sichqonchani keltirib, o`ng tugmasi bosiladi. Shunda oyna chiqadi. Oynaning ichidagi yozuvlardan biri “Windows yo`lbоshlоvchisi” («Проводник») haqida ma’lumot berish boshlanadi. Bunda («Проводник») bilan bajarilishi mumkin bo`lhgan amallar bevosita kompyuterning o`zida bajatib ko`rsatilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Quyidagi ro`yxatlarning har biriga sichqobncha keltirilib («Проводник») ishga tushiriladi.
1. Диск 3,5 (A:)
2. Локальный диск (С:)
3. Локальный диск (В:)
4. DVD-RAM дисковод (E:)
5. Панель управления
6. Общие документы
7. Документы адм.
8. Сетевые подключения
Ushbu yozuvlarning har biri qanday ma’noni anglatishi birma-bir tushuntirib chiqiladi.