A) Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’tgan mavzular bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish. Kattaliklar hamda ularning o’zaro bog’lanishi haqidagi ta’limiy tushunchalar berib, malaka va ko’nikmalarni orttirib, bilimlarni chuqurlashtirib, kengaytirib mustahkamlash.
B) Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning milliy iftihor ruhida tarbiyalash vatanimizni iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga hissa qo’shish, fanni qunt bilan o’rganib maktabda olingan bilim buyuk kelajak uchun muhim omil ekanini tushuntira bilish.
D)Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni nazariy bilimlarni amalda qo’llashga, mustaqil fikrlashga o’rgatish. O‘quvchilarning asosiy matematik bilimlaridan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
E) Shakllantirilayotgan kompitensiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik, mantiqiy tahlil.
III. Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash
IV. Darsda foydalangan metodlari: Interfaol, matbuot-ahborot mustaqil ish. Aqliy hujum, savol-javob, induksiya, deduksiya
V. Jihozlar: darslik, kompuyter elektron darsligi, didaktik materiallar, kodoskop, har xil fizik jismlar, plakatlar, tehnik ko’rgazmalar.
VI. Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism – 2 min. 2. O’tilganlarni takrorlash – 3 min
3. Masalalar yechish – 22 min
Har qanday chizmani chizishda o’zaro parallel va perpendikular chiziqlarni chizishga to’g’ri keladi. Bitta chiziqda markazlari bir-biridan o’zaro teng masofada joylashgan bir nechta teshiklari bor detallar ham uchraydi.
Gorizontal chiziqlar o’tkazish. Gorizontal to’g’ri chiziqlar hamma vaqt gorizontal (ufq) chizig’iga parallel olinadi. Shuning uchun ham gorizontal chiziq chizmada chizma qog’ozining yotiq tomoniga parallel o’tkaziladi.
Gorizontal chiziqlar chapdan o’ngga qarab chiziladi. O’zaro parallel gorizontal chiziqlar chizishning eng qulay usulli ikkita uchbuzchakli yoki chizg’ich va uchburchakli yordamida chizishdir(6.1 chizma). Ikkita uchburchakli yordamida parallel chiziqlar chizilganda ularning bittasi yo’naltiruvchi qilib olinadi, u qo’zg’alib ketmasligi uchun uni chap qo’l bilan bosib turiladi. Ikkinchi yo’naltiruvchi uchburchaklik qirrasiga surib chiziladi.
Vertikal chiziqlar chizish. Vertikal chiziqlar garizantal (ufq) chizig’iga perpendikulyar o’tadi. Yerdan tik turgan narsalar, odatda vertical turgan narsalar deyiladi. Shunga ko’ra ,bunday chiziqlar vertikal chiziqlar deb ataladi. Chizmada vertikal chiziqlar chizma qog’ozining tik yon tomonlariga parallel yoki gorizantal chiziqlarga perpendikular qilib o’tkaziladi.
8-E va B sinf
I. Mavzu: Burchak yasash. Turli chiziqlar chizish. Qiyalik va konuslik. NAZORAT ISHI-1
II. Darsningmaqsadi: o’quvchilarga burchak yasashni,turli chiziqlar chizishni,qiyalik va konusni o’rgatish va ushbu darsdan Nazorat ishi-1.