O’rta asr shaxarlari. SHarq mamlakatlarida o’rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda: Xitoy, Yaqin SHarq va SHimoliy Afrikada - VIII asrning 2-yarmida, Yaponiyada IX-X asrlarda, Xindistonda XI-XIII asrlarda o’tganlar. Bu xol xar 1 mamlakatda ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajada bo’lgani bilan izoxlanadi.
SHaxarlarning taraqqiyotiga istilochilik urushlari to’sqinlik qiladi. Jumladan, Xindiston va uning shaxarlari o’rta asrlarda juda ko’p marotaba chet bosqinchilar xujumlariga uchragan. Xususan, Pratijar rojasi qo’shinlari 1018-yili Maxmud G’aznaviy qo’shinidan mag’lub bo’lganida, poytaxt Kanuja talanib, vayron qilinadi. Tinimsiz urashlar Xindiston shaxarlarini yuksalishiga to’sqinlik qiladi.
SHaxarlar xayoti. Osiyo shaxarlari xam o’ziga xos taraqqiyot Yo’lini bosib o’tgan. Jumladan, Xitoyda XI asrdaYoq shaxarsozlik yuksak darajaga ko’tariladi. Imperator va zodagonlar xashamatli saroylar qurdirgan. Mamlakatda Yog’och tanqis bo’lganidan qurilishda g’isht, sopol va toshdan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda «tog’ga yog’ochga ketgan 1000 kishidan, faqat 500 i qaytib keladi» naqli paydo bo’ladi. Natijada, imperator yangi saroy qurishini e’lon qilishi dexqonlar uchun og’ir sinovalarni boshlanishidan darak bergan.
Xitoyning yirik shaxarlarida G’arbiy Yevropadan farqliroq, maishiy xizmat ko’rsatish Yaxshi Yo’lga qo’yilgan edi. Axoli sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta’minlangan, shaxarni axlat va chiqindilardan tozalash, o’t o’chirish ishlari Yo’lga qo’yilgan.
Osiyo shaxarlari axolisi Yevropanikiga nisbatan ko’proq bo’lgan. Xususan, Xitoyda o’rta asrlardaYoq axoli zich Yashagan. XVI asrda Pekinda 1 mln, Nankinda undan xam ko’p axoli bo’lgan. Eronning Isfaxon, SHeroz shaxarlarida 200 mingdan ortiq kishi Yashagan. Amir Temur saltanati poytaxti Samarqand XIV asr oxiri-XV asr boshlarida yuksalib dunyoga taniladi. O’rta asr shoirlari va faylasuflari Samarqandni «sayqali ro’yi zamin»-yer Yuzining sayqali, xusni deb ta’riflaganlar. SHarq dunyosida Buxoro xam o’z o’rniga ega bo’lib, u islom dini, madaniyat, savdo va xunarmanchilik markazlaridan biri sifatida shuxrat qozongan.