Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish


Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə82/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

  • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarda Fransiyada ijtimoiy munosabatlar va qirol hokimyati haqida tasavvurni hosil qilish;
Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun “Ortiqchasini top” mashqi bajariladi.
Topshiriq ekranda yani slayd orqali namoyish etiladi.
1.Lyudovik VI , FilippII , Maxmud G`aznaviy,Ioann , Lyudovik IX , Salohiddin Ayyubiy,
2.Domen, shaharliklar, Tuluza qirolligi, jizya, Parij, Tovar xo`jaligi.
O`quvchilar topshiriqlarni bajarib bo`lgandan keyin to`g`ri javobni ekrandan tekshiradilar.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.FilippIV va Papa. 2.General shtatlar. 3.Buyuk magistr qarg`ishi.
Filipp IV va Papa. Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285-1314) o’z qirolligining boshlarida SHampan grafligi, Lion viloyati va shaxrini qirol domeniga qo’shib oladi. Uning keyingi xarakatlari mamlakatning shimoliy-g’arbidagi yirik savdo-xunarmandchilik shaxarlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi.
Urushlar, saroy bazmlari katta mablag’larni talab qilgan. Qirol vaziyatdan chiqish uchun turli usullarni qo’llar edi. Filipp IV shaxarlardan qarz olib ularni qaytarmas, Yaxudiylarni mamlakatdan chiqarib yuborib, so’ng ularni katta to’lovlar evaziga qaytarar, tanga puldagi kumush miqdorini pasaytirib, uni buzar, qirollikdagi dexqonlarni erkinlikka chiqishi uchun katta to’lov talab qilardi.
General shtatlar. Bunga javoban, Fransiya qiroli 1302-yili 3 toifa vakillari: ruxoniylar, Dvoryanlar va shaxarliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muxokarna qilishni taklif etadi. General shtatlar papani Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi.
Keng jamoatchilik ko’magiga tayangan Filipp IV papaga qarshi xarakatni boshlaydi. Qirolga anafema (la’nat) e’lon qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi Anani shaxrida joylashgan papa saroyiga Filippning 1 gurux askarlari bostirib kiradi. Ular esankirab qolgan papaga qamoqqa olingani va sud oldida javob berishi uchun Fransiyaga jo’natilishini e’lon qilishadi. Rivoyatga qaraganda, fransuzlar yetakchisi ko’z ko’rib quloq eshitmagan narsa papaga tarsaki tushirishga jazm etadi. CHorasiz Bonifatsiy VIII faqat: «mana mening bo’ynim mana mening boshim-deya oladi, xolos. Papani osishmaydi, boshini xam olishmaydi, Fransiyaga olib ketishga xam ulgurishmaydilar. Ananiliklar Bonifatsiy VIII ni qutqaradilar. Lekin papa taxqirni ko’tara olmasdan, ko’p o’tmay aqldan ozib vafot etadi.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin