General shtatlar (Etats Generaux-«Yalpi toifalar»)-Fransiyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi (1302-1789). Qirollar General shtatlarini qachonki Yangi soliq kiritishni istaganlarida chaqirib turishgan. SHu tarzda Fransiyada toifali monarxiya tashkil topadi. Qirollik xokimiyati markazlashtirish jarayonida tabaqa vakillari majlisiga tayangan.
Tez orada Filipp IV ning g’alabasi to’liq tus oladi. Kardinallar Fransiya arxiyepiskopini papalikka saylashadi. U esa Italiyadan Fransiyaning janubiga Avinon shaxriga ko’chib o’tishga qaror qiladi. Avinon fransuz qiroli mulkiga kirmasada, albatta uning bu yerdagi ta’siri katta edi. Zamondoshlari xristian dunyosi boshlig’i fransuz qirolining sodiq xizmatchisiga aylanganidan shikoyat qilganlar. Papalarning Rimga qaytishi uchun deyarli 70 yil kerak bo’ldi. Bu yillar (1309-1377) Rim cherkovi tarixida «papalarning Avinon tutquni» nomini oladi.
IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlashda o`quvchilar guruhlarga ajratiladi.Savollarga birgalikda javob topadilar.
1-guruh:Nima sababdan FilippIV Rim papasi bilan ixtilofga borib qoladi?
2-guruh: Fransiyani birlashtirishda qirol kimlarga tayangan?
3-guruh: Toifaviy monarxiya nima?
Guruhlar tagdimot qiladilar va faol guruh rag`batlantiriladi. Guruhlardagi faol o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash:Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah kam lashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.
VI.Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Tarix fani o’qituvchisi: Sh. Allamuratov. O’.T.I.B.D.O’: _____________
Sana: ______________ Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu:Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri.
Mavzu: Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri.