Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 Mavzu: Kirish



Yüklə 2,13 Mb.
səhifə79/149
tarix07.01.2024
ölçüsü2,13 Mb.
#211450
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
Sana Fan Jahon tarixi Sinfi 7 Mavzu Kirish

I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklari bilan tanishtiriladi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`qituvchi o`tilgan darsni uyga vazifasini tekshiradi, o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun jadvalli topshiriq beriladi.
Topshiriq ekranda yani slayd orqali namoyish etiladi, o`quvchilar doskada hamda daftarida bajaradilar.

Salib yurishlari natijalari.

G`arbiy Yevropa xalqlari uchun

Yaqin Sharq mamlakatlari aholisi uchun





O`quvchilar topshiriqlarni bajarib bo`lgandan keyin to`g`ri javobni ekrandan tekshiradilar.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Qirol hokimyati. 2.ViloyatFransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishilar o`rtasida mehnat taqsimoti. 3.Mamlakatni birlashtirish uchun kurash.
X - XI asrlarda mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar yanada o`sdi. Bu o`z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga sabab bo`ldi. Savdo-sotiqning rivojlanishi mamlakat viloyatlari o`rtasida mehnat taqsimotining vujudga kelishiga olib keldi.Viloyatlar o`rtasidagi mehnat taqsimoti har bir viloyatning ishlab chiqarishning u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvidir.Bir viloyatda temir rudasi, ikkinchisida oziq-ovqat mahsulotlari, uchinchisida esa movut ishlabchiqarish yetakchi sohaga aylangan. Bu hodisa viloyatlarning o`zicha yashashi holatiga barham bergan. Ularni bir-biri bilan chambarchas bog`lagan. Hatto feodallar ham, krepostnoylar ham bu jarayonga tortilgan.
Qirol Lyudovik VI (1108-1137) o’zining ishonchli Yordamchisi, ilgari Sen-Deni monastiri abbati bo’lgan Sugeriy ko’magida o’z domenida tartib o’rnatishga xarakat boshlaydi. U Burj va Sans shaxarlarini o’z domeniga qo’shib oladi. Qirol o’zboshimcha baronlar qal’alarini buzib ularni bo’ysundiradi. Lyudovik VI ning omadi yurishib 17 Yoshli o’g’li bo’lajak qirol Lyudovik VII (1137-1180)ni Akvitaniya gersogining Yagona merosxo’ri 15 Yoshli Aleonoraga uylantirishga muvaffaq bo’ladi.
Mamlakatni birlashtirish uchun kurash. Fransiyada X-XI asrlardan qishloq xo’jaligining, xunarmandchilik va savdoning o’sishi boshlanadi. XII asrdan Yangi o’zlashtirilgan yerlarda dexqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning 1 qismini pul bilan to’lanadigan bo’ladi. Natijada dexqonlar etishtirgan maxsulotlarning ma’lum qismini bozorga sotish uchun chiqara boshlaydi. Fransiyada feodallar XII-XIII asrlardan o’z yerlarini dexqonlarga merosiy ijaraga bera boshlaydilar. Bu tadbir dexqonni yerga munosabatini ijobiy tomonga o’zgartiradi.
Viloyatlar orasida mexnat taqsimoti kuchaya borib, Normandiya-temir, tuz ishlab chiqarish, ot va qoramol yetishtirishga; SHampan va Burgundiya-vinochilik, zig’ir tolasi va jundan gazlamalar to’qishga ixtisoslashgan. Viloyatlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish extiyojlari feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi.
SHaxarlar yuksalishi bilan yangi ijtimoiy tabaqa-shaxarliklar soni ko’paya boradi. SHaxarliklar tabaqasi esa feodallar o’zboshimchaligini cheklaydigan kuchli qirol xokimiyati tarafdori edi. Qirolni, shuningdek, mayda va o’rta feodallar qo’llagan. Ular kuchli qirol xokimiyati o’zlarini graflar, gersoglar tazyiqidan xalos etishiga umid bog’laganlar. Ushbu vaziyatda markazlashitirish jarayoniga faqat yirik diniy va dunyoviy feodallargina qarshi bo’ladi.
Fransiyada qirol xokimiyatining kuchayishi XII asrda Lyudovik VI ning o’z mulklaridagi vassallarini itoat ettirishidan boshlanadi
Filipp II (1180-1223) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi. «Ingliz tojining marvaridi» xisoblangan Normandiya 1202-1214-yillari tortib olinadi. Tez orada qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi xam qaytariladi. Natijada qirol Fransiyadagi eng kuchli feodalga aylanadi. Qirol mulklarining kengayishi umumdavlat boshqaruv tashkilotlari: Qirol kengashi, Oliy sud va Moliya boshqarmasining tuzilishi bilan yakunlandi. Lyudovik IX (1226-1270) qirol yerlaridagi feodal urushlarini taqiqlaydi. Qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiyaning barcha viloyatlarida o’tishi xuquqi belgilanadi. Natijada, mamlakatda gersog va graflar zarb etadigan 40 xil pul asta-sekin surib qo’yiladi.



Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin