Sana:__________________________ Mavzu: 3-nazorat ishi Maqsad: Ta’limiy: O’quvchilarni “3-nazorat ishi ” xossalari bilan tanishrirish, bilim ko`nikma hosil qilish.
Tarbiyaviy:Sport bilan shug`ullanishni targ`ib qilish, ish bajarishda tozalikka, ozodalikka, tartibga rioya qilishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash
Fanga oid kompetensiyalar: sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali ekanligini tushuna olish. Metodi: savol javob, tushuntirish
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.kitob
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomotni aniqlash, `o`quvchilarni o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish, aylanma daftarlarni almashtirish.
II. Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O`tilgan darsda “Takrorlash ” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.
III Yangi mavzu bayoni: I variant
1. Yig‘im-terimda 150 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Ulardan 47 nafari dalada, 58 nafari bog‘da, qolganlari esa tomarqada ishladi. Tomarqada qancha o‘quvchi ishlagan?
2. Garajda 37 ta avtomashina bor edi.Bir nechta avtomashina garajdan chiqib ketgandan so‘ng u yerda 19 ta avtomashina qoldi. Nechta avtomashina chiqib ketgan?
II variant
1. Uchta issiqxonadan bir oyda 278 kg pomidor yig‘ildi. Birinchi issiqxonadan 102 kg, ikkinchisidan 96 kg yig‘ilgan bo‘lsa, uchinchi issiqxonadan qancha pomidor yig‘ilgan?
2. Bir o‘ramda 23 m mato bo‘lgan. Undan bir necha metr qirqib olingach, 7m qoldi. O‘ramdan necha metr mato qirqib olingan?
Tekshirish elementlari:
1. Masalaning mohiyatini tushunish.
2. Masala mazmunining qisqa yozuvini bilish.
3. Arifmetik amalni to‘g‘ri tanlash.
4. Masala javobini to‘g‘ri yozilishi.
5. Noma’lum ayriluvchini topa bilish.
6. Son va yig‘indining ayirmasini topa bilish.
VI. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa:Darsda faol qatnashgan, doskada misol masala bajargan va birinch bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman. Uyga vazifani e`lon qilaman.