FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
1O daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
1O daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Siz vaqtingizni qanday taqsimlaysiz?
2. Nima uchun vaqtni taqsimlash kerak?
3. «Vaqtingiz bormi? Vaqtingiz bemalolmi? Vaqtim yo‘q» degan so‘zlar qanday vaqtlarda ishlatiladi?
4. Vaqtni boshqarib bo‘ladimi? Fikringizni asoslab bering.
Essiz umr… Hayot ulug‘ ne’mat, u tufayli umrlar mazmundor, go‘zal, ibratli. Lekin ayrim shunday taqdirlar, sulolalar borki, yo alhazar... …Bobo otasini ranjitib, hayoti davomida birisi ikki bo‘lmay dunyodan o‘tib ketdi. Ota o‘z qiblagohining ko‘nglini qoldirgani bois, butun umr vijdon azobida
qolib, olamdan ko‘z yumdi. Farzand otasiga qo‘l ko‘targani sababli, «oq bo‘lgan».
Nabirasi esa – turli yomon ishlar bilan shug‘ullangani bois, hozirda qamoqda o‘tiribdi. ... Essiz, omonatga xiyonat, zoye ketgan imkoniyat, bekorga sarf bo‘lgan vaqt, qadriga yetilmagan ne’mat... Essiz, shuncha umrlar... Isnodga qolgan sulola...
Mulohaza uchun Umr – omonat, sinov, imkoniyat, ne’mat. Omonatligi shundaki, umr – ato etilgan ishonch bo‘lgani bois, unga xiyonat qilib bo‘lmaydi. Sinov ekani – hayot yaxshi-yomon, xursandchilik va g‘amgin kunlardan iborat, uni faqat sabr-u toqat, sa’y-harakat orqali yengib o‘tish kerak.
Insonlarni muvaffaqiyatli harakat qiluvchi yoki muvaffaqiyatsiz ishlovchi shaxslar toifasiga ajratishimiz mumkin. Muvaffaqiyatli ishlovchi insonlarning siri vaqtdan unumli foydalanish uquviga egaligidadir. Vaqtdan unumli foydalanish inson tafakkuriga bog‘liq jarayondir. Inson tafakkuri orqali fikrlaydi, muammo paydo bo‘lganda esa fikrlash jarayoni faollashadi.