Sana: Mavzu: Iftixorimsan – jannatmakon o‘zbekiston! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 487,42 Kb.
səhifə37/46
tarix03.06.2023
ölçüsü487,42 Kb.
#124330
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
8-Tarbiya konspekt tayyor

Mulohaza uchun

  • Yon-atrofdagilarga foydamiz tegmasa, demak, vaqt behuda ketibdi.

  • Kunni rejalashtirish yaxshi. Biroq muhimidan nomuhimini farqlay bilmoq kerak. Muhimi, asosiy vaqtni ajratib, behuda yumushlarga o‘ralashib qolinmasa, vaqt barakali bo‘ladi.

  • Umrning hamma soatlarini foydali va kerakli mashg‘ulot bilan to‘ldirish asnosida g‘am-alam bosh suqadigan joy qolmaydi. Vaqt mazmunli va foydali o‘tadi.

  • O‘tayotgan har daqiqa-yu soniya, soat, kun inson umrining xatosiz o‘lchovidir.

  • Kim bo‘lishingiz va yoshingiz, daromadingiz va e’tiqodingizdan qat’i nazar vaqtingiz chegaralangan. Shuning uchun hayotda qancha vaqtning borligi emas, uni qanday sarflashning ahamiyati muhim.

  • Muvaffaqiyatsizlikning bosh sababi. Zarur ishning kerakli vaqtda qilinmasligi. Juda band odam ham vaqtni taqsimlashda donolik qilsa, muvozanatni saqlashi, salomatligi yoki hayotini himoya qilishi mumkin.



Agar bir umrning qadrini bilmoqchi bo‘lsang – kapalaklardan so‘ra.
Agar 10 yilning qadrini bilmoqchi bo‘lsang – 20 yoshida nogiron bo‘lib qolgan 30 yoshli odamdan so‘ra.
Agar 1 yilning qadrini bilmoqchi bo‘lsang – imtihondan yiqilgan talabadan so‘ra.
Bir kunning qadrini bilmoqchi bo‘lsang – hosili kuz yomg‘irida qolgan dehqondan so‘ra.
Bir soatning qadrini bilmoqchi bo‘lsang – uyiga bir soat kech kelgan tarbiyali farzanddan so‘ra.
5 daqiqaning miqdorini bilmoqchi bo‘lsang – poyezdga kech qolgan yo‘lovchidan so‘ra.
Bir daqiqaning qadrini bilmoqchi bo‘lsang – mehmon kutayotgan yolg‘izdan so‘ra.
Bir daqiqaning o‘ndan bir miqdorini bilmoqchi bo‘lsang – bemorning kasalxonaga olib kelayotgan haydovchidan so‘ra.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi
1. Hayot – ulug‘ ne’mat deganda nimani tushundingiz? Bu ne’matning
shukronasi qanday amalga oshiriladi?
2. Vijdon azobi va yo‘qotilgan vaqt o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
3. «Omonatga xiyonat, zoye ketgan imkoniyat, bekorga sarf bo‘lgan vaqt»
4. Umr intihosida «Essiz, shuncha umr» degan dashnom va nadomatga qolmaslik
uchun nima qilish kerak?

Yüklə 487,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin