Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə15/121
tarix18.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#144900
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
Ona tili va Adabiyot to\'garak [uzsmart.uz]

Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa:Mustahkamlash
Sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: SO’ROQ GAP
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad - so’roq gap haqida ma'lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad - milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o’quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: jadval va chizmalar.
Darsning rejasi:
1. So’roq gap va unda tinish belgisi.
2. So’roq hosil qiluvchi vositalar.
So’roq gap ham o’quvchilar uchun yangi, notanish mavzu emas. Shuning uchun ham oldingi dars darak gap mavzuida bo’lgani kabi bu darsda ham o’quvchilar nutqini o’stirish, gap tuzish malakalarini rivojlantirish, darak va so’roq gaplar munosabatini tushuntirish, so’roq gapning xususiyatlarini sharhlash asosiy maqsad hisoblanadi.
Bir tomondan qaraganda bu mavzu oson, ancha jo’n, ortiqcha lushuntiradigan narsasi yo’qday tuyuladi, lekin dars avvalidagi kirish
topshiriqlariga e'tibor qaratilsa, mavzuning unchalik yengil emasligi oydinlashadi.
1-topshiriq. Kim?, nima?, qachon?, qancha? kabi so’roq bildiruvchi so’zlar ishtirokida gaplar tuzing. Gaplarning nimani so’rashiga ko’ra farqini ayting. Agar bu to’rt so’roq olmoshi bilan gaplar hosil qilinsa, to’rt xil mazmun va shakldagi so’roq gaplar tug'iladi, javoblari ham savolga monand bo’ladi.
Kim hozir eshikni ochdi? Savol biron bir shaxs haqida.
Xonada nima turibdi? Savol narsa-buyum haqida.
Qachon dars boshlanadi? Savol paytni bilish to’g'risida.
O’quvchilar qancha mctalloloni to’pladilar? Savol miqdor haqida.
2-topshiriqdagi savollarga beriladigan javoblar ham ikki xil: birinchisiga keng holda javob berish kerak. Ikkinchi savolga «ha» yoki «yo’q» javobi bilan cheklanish mumkin.
So’ng berilgan qoida tushuntiriladi, misollar bilan batafsil sharhlanadi. Shundan keyin barcha aytilgan nazariy fikrlar umumlashtiriladi. So’roq gaplar:
a) ifodalayotgan fikr hamda olinadigan javob mazmuniga;
b) ularga beriladigan javoblarningyig'iq va yoyiq bo’lishiga;
d) so’roq hosil qiluvchi vositalarga ko’ra larq qiladilar.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin