Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa:Mustahkamlash
Sana:_________________ Sinf: ________________ Mavzu: DARAK GAP Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad - darak gap haqida to’liq tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad - ijobiy axloqiy fazilatlarni rivojlantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o’quvchilarning yozma va og'zaki
savodxonligini o’stirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya: – o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: «Tarbiyali o’g'il» matniga chizilgan surat.
Darsning rejasi: 1. Darak gap va unda tinish belgisi.
2. Darak gapning boshqa gap turlaridan farqi.
Darak gap haqida oldingi darslarda ma'lumot berilgani uchun o’quvchilar bu mavzuni yangilik emas, balki takrorlash sifatida qabul qiladilar. O’qituvchi ham asosiy e'tiborni o’quvchilarning yozma va og'zaki nutqini o’stirishga, gap tuzish malakasini rivojlantirishga qaratishi kerak. Buning uchun, avvalo, 83-mashqda berilgan matn mazmuniga chizilgan «Tarbiyali o’g'il» surati asosida suhbat o‘tkazsa bo’ladi. Agar bu surat sizda yo’q bo‘lsa, uni chizdirish mumkin. Matn va surat bo’lganligi uchun rasm asosida hikoya tuzish, uni gapirib berish qiyinchilik tug'dirmaydi. Shu imkoniyatdan foydalanib, uncha faol bo’lmagan, nutqi yaxshi rivojlanmagan o’quvchilarni darsga jalb qilish kerak. Bunday bolalar sekin fikrlashi, biroz jur'atsizroq bo’lishlari bilan ravon gapira olmasliklari mumkin. Shuning uchun o’qituvchi ularni sabr bilan tinglashi, sinfdoshlarini ham tinglashga undashi, vaqti-vaqti bilan rag'batlantirib turishi kerak.
O’quvchilar topshiriqni bajarishib bo’lgach, quyidagi uch qo’shimcha savol va topshiriq o’rtaga tashlanadi:
1. Alohida so’zlardan gap hosil qilish uchun nima qildingiz?
Javob: Qo’shimchalar qo’shib so’zlarni bog'ladik.
2. Qanday tinish belgisini qo’ydingiz? Nuqta.
3. Hosil bo’Igan maqolning ma'nosini sharhlab bering.
O’qituvchi yana boshqa savol va topshiriqlarni qo’shishi mumkin.
MUSTAHKAMLASH:Savol-javob. 1.Darak gap deb nimaga aytiladi?
2.Gapning asosiy belgisi nima?
3.Bitta so’zni gapga aylantiring.