Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


IV.Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə10/121
tarix18.09.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#144900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121
Ona tili va Adabiyot to\'garak [uzsmart.uz]

IV.Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa:Mustahkamlash


Sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: QO’SHMA SO’ZLAR IMLOSI
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad - qo’ shma so’zlar va ularning imlosi haqidagi biIimlarni takrorlash;
b) tarbiyaviy maqsad - o’quvchilarni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad-eslab qolish (xotira) qobiliyatini rivojlantirish, savodxonlikni o’stirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: jadval va chizmalar.
O’tilgan mavzuni takrorlash Savol-javob o’tkazish
Yangi mavzu bayoni:
1. Qo’shma so’zlar haqida ma'lumot.
2. Qo’shma so’zlar imlosi.
Bu darsdan asosiy ko’zlangan maqsad qo’shma so’zlarning to’g'ri yozilishini o’rgatish orqali o’quvchilar savodxonligini o’stirishdir. Qo’shimcha vazifa sifatida takrorlash uchun berilgan savollarga javob topish bilan qo’shma so’z haqidagi quyidagi o’zlashtirilgan bilimlar esga olinadi:
1. Qo’shma so’zlar ikki va undan ortiq o’zakdan iborat bo’ladi. Masalan: xontaxta, tezyurar.
2. Qo’shma so’zlar ko’pincha qo’shib yoziladi.
3. Qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar ajratib yozilsa, nafaqat imloviy xato bo’ladi, ba'zan ma'no ham o’zgarib ketadi. Masalan: Yangiyer (shahar) - yangi yer (yangi joy ma'nosida)\ balandparvoz (dabdabali) - baland parvoz (qushning baland parvozi).
Ba’zan qo’shma so’z uch o’zakdan ham iborat bo’lishi mumkin. Masalan: gultojixo’roz (gul nomi). Mashqlarni bajarishda, ijtimoiy-siyosiy, ma naviy-axloqiy tushunchalarni ifodalovchi hozirjavob, mehmondo’st, xushmuomala kabi qo’shma so’zlar izohlanishi, hayotda, mamlakatimizda yoki chet elda yuz berayotgan voqea-hodisalar misolida sharhlanishi zarur. Bunda qo’shma so’zlar o’zlari bog'langan so’zlar bilan birga birikma holida olinsa, izohlash yanada osonlashadi: xalqaro ahvol, hozirjavob yoshlar, umumxalq saylovi, yurtboshimiz olg'a boshlar kabi. Shuningdek, matnlar, gaplarning mazmunidan kelib chiqib ham o’qituvchi ularni ijtimoiy yoki axloqiy jihatdan sharhlab ketishi zarur bo’ladi.
Mustahkamlash: Savol-javob o’tkazish

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin